Jamiyat

Mirziyoyev: Ipak yoʻli chorrahasida joylashgan Oʻzbekistonga barchaning qiziqishi ortib bormoqda

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Bitta belbogʻ – bitta yoʻl” forumi ham hozirgi zamonda dunyo mamlakatlari orasida iqtisodiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, savdo va investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek turizm, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, dedi Mirziyoyev.

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda boʻlib oʻtayotgan “Bitta belbogʻ – bitta yoʻl” forumida nutq soʻzladi.

Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Kitay - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Pekinda “Bitta belbogʻ – bitta yoʻl” xalqaro forumi ochildi

Oʻz nutqida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning mustaqillik yillaridagi rivojlanishi hamda  bugun kunda Respublikada xorijiy saromyalar uchun yaratilgan qulayliklar haqida gapirdi.

Shuningdek prezident, qadim zamonlarda Xitoydan Yevropa va Fors koʻrfazi mamlakatlarigacha yetib borgan Buyuk ipak yoʻlining insonoyat tarixida tutgan oʻrni va ahamiyati haqida ham gapirdi.

“Buyuk ipak yoʻli nafaqat hududlar oʻrtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki davlatlar va qitʼalar  oʻrtasida axborot almashuvini taʼminlashga xizmat qilgan, yangi mahsulotlar va qishloq xoʻjaligi ekinlari tarqalishida,  madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajargan va shu tariqa tsivilizatsiyalararo muloqot uchun shart-sharoitlar yaratilgan”, — dedi Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida.

Ushbu tarixdan kelib chiqqan holda, bugun Xitoyda boʻlib oʻtayotgan “Bitta belbogʻ – bitta yoʻl” forumi ham hozirgi zamonda dunyo mamlakatlari orasida iqtisodiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, savdo va investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek turizm, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, dedi Mirziyoyev.

Karavan iduщiy cherez pustыnyu - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
“Bitta belbogʻ – bitta yoʻl” forumi qanday maqsadni koʻzlagan?

Prezident, shuningdek, Oʻzbekiston Buyuk Ipak yoʻli chorrahasida qulay joylashgani, zamonaviy transport va kommunikatsiya tizimlariga ega boʻlgani tufayli turli mamlakatlar ishbilarmon vakillarining unga qiziqishi ortib borayotganini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, “Bitta belbogʻ – bitta yoʻl” forumida ishtirok etish uchun dunyoning 110 mamlakatidan 1200 nafar vakillar kelgan. Ular orasida 29 mamlakat rahbarlariham bor.

“Jahon” – axborot agentligi xabariga asosan. 

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0