TOShKENT, 19-may — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha reklama tarifining narxi arzonlashganligini e’lon qildi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 22-may kunidan boshlab ushbu yo‘nalishda bir tomonga aviachipta narxi, yig‘imlarni inobatga olgan holda — 17 EUR ni tashkil etadi.
O‘zbekiston rezidentlari tomonidan to‘lovlarni O‘zbekiston Markaziy banki kursi hisobida milliy valyutada amalga oshirish mumkin.
Mazkur tarif bo‘yicha joylar soni cheklangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.