Abdulaziz Kamilov Yevroparlament delegatsiyasini qabul qildi

© AFP / YASSER AL-ZAYYATMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa deputatlari tashrifi dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, vazirlik va idoralar hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘rin olgan

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Yevropa parlamentining Inson huquqlari bo‘yicha kichik qo‘mitasi delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Delegatsiya tarkibidan deputatlar Yozef Vaydenholzer (Avstriya), Klaus Buxner va Yoaxim Zeller (Germaniya) o‘rin olgan.

Yevropa deputatlari tashrifi dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, vazirlik va idoralar hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘rin olgan.

Flagi Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga 21,5 million yevro ajratmoqda

TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Yevroparlamentning Inson huquqlari bo‘yicha kichik qo‘mitasi kun tartibiga kiruvchi sohalarda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Deputatlar iltimosiga binoan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida Yevropa tomoniga ma’lumot berildi.

Demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan izchil harakatlar islohotlarning ajralmas qismi hisoblanishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Suhbatda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi boshlig‘i, elchi Eduards Striprays ishtirok etdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0