Hodisalar

Toshkentda tovlamachi ayoldan jabr koʻrganlar IIBga murojaat etishlari soʻralmoqda

© fotoliaSimvolы zakona i pravosudiya
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Raʼno Qodirova Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139, 237 va 238-moddalari bilan (Tuhmat qilish, yolgʻon xabar berish va yolgʻon guvoxlik berish) jinoiy javobgarlikka tortilgan

TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB saytida xabar qilinishicha, 2017 yil 22 mart kuni Uchtepa tumani IIBga fuqaro Raʼno Qodirova ariza bilan murojaat etgan. U arizasida 2017 yil 21 mart kuni soat taxminan 00:00larda ISUSU avtoulovida yoʻlovchi sifatida ketayotgan vaqtida ikki nafar nomaʼlum shaxs kuch ishlatib, uning 470 ming soʻmlik "SAMSUNG GALAXY MINI 3" rusumli uyali telefon apparatini va 200 ming soʻm pulini ochiqdan-ochiq egallab, yashirinishganligini maʼlum qilgan.

Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qoʻqonda retsidivist-tovlamachi ayollar qoʻlga olindi

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan (talonchilik, yaʼni oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib talon-toroj qilish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

2017 yil 21 may kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Raʼno Qodirova gʻarazli niyatlarda goʻyoki avtoulov haydovchisi unga nisbatan talonchilik jinoyati sodir etilganligini koʻrsatib, tuhmat qilib, yolgʻon xabar va koʻrsatuv berib, tovlamachilik yoʻli bilan pul talab qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Raʼno Qodirova Oʻzbekiston Respublikasi JKning 139, 237 va 238-moddalari bilan (Tuhmat qilish, yolgʻon xabar berish va yolgʻon guvoxlik berish) jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Unga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Toshkent shahar IIBB ushbu shaxsning xatti-harakatidan kimdir jabr koʻrgan boʻlsa, "102" telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat qilish mumkinligini bildirmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0