TOShKENT, 23-maya — Sputnik. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash Assambleyasining 70-sessiyasida ishtirok etmoqda.
JSSTning oliy boshqaruv organi hisoblanuvchi, Sessiya 22-may kuni o‘z faoliyatini boshladi. Unda 194 ta a’zo davlatlar qatorida, O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Har yili JSSTga a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlari Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining sessiyasida ishtirok etish uchun Jenevaga tashrif buyuradi.
Sessiya davomida ishtirokchilar o‘tgan davr mobaynidagi JSST faoliyatini ko‘rib chiqib, o‘z oldiga yangi maqsad va vazifalar qo‘yadi.
22-may kuni sessiyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida, ya’ni 23-may kuni JSSTga a’zo davlatlar Tashkilotga yangi Bosh direktor saylashi kutilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.