Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp
Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistonida bo‘li o‘tayotgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida O‘zbekiston prezidenti bir necha mamlakatlar prezidentlari bilan uchrashdi.

 

TOShKENT, 23-maya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Abdulaziz Ol-Saud bilan muloqotda bo‘lib, unga ushbu nufuzli forumga qilgan taklifi uchun minnatdorlik bildirdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Undan tashqari sammit davomida Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi va suhbat qurdi. Suhbat davomida Tramp O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.

 

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Saudiya qiroli Salman Ol-Saud bilan uchrashuv
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya na sammite v Er-Riyade s glavami rada gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya qiroli Salman Ol-Saud bilan uchrashuv

 

Shuningdek, sammit davomida Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashib, davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.

Ushbu forum ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, bag‘rikenglik g‘oyalarini ilgari surish, xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0