Alisher Usmonovning matbuot xizmati Navalniyga rasmiy javob qaytardi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishAleksey Navalniy
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliarder Usmonovning matbuot xizmati tadbirkorga qarshi yangi "dalil"lar keltirishda davom etayotgan Aleksey Navalniyga rasmiy javob qaytardi

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Alisher Usmonovning matbuot xizmati chop etgan rasmiy javobda Aleksey Navalniy uch karra yolg‘on ishlatgani ma’lum qilindi.

Ilgariroq Alisher Usmonov Navalniyga ikki marta videomurojaat qilgan va uni kechirim so‘rashga hamda yolg‘onchiligini tan olishga chaqirgandi. Moskvaning Lyublino sudi Usmonovning Navalniyga nisbatan o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish bo‘yicha da’vosini ko‘rib chiqmoqda. Tadbirkor muxolifatchining qator ommaviy bayonotlarini rad etishni talab qilmoqda.

Milliarder Alisher Usmonov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov: tuf senga, Aleksey Navalniy

Biroq videomurojaatlar muxolifatchini to‘xtatolmadi. Matbuot xizmati unga rasmiy javob e’lon qildi:

"Aleksey Navalniyning 2017-yil 24-maydagi Alisher Usmonovning videomurojaatlarida hujjat va dalillar yo‘qligi haqidagi bayonotiga javoban eslatib o‘tamiz, janob Usmonov 2017-yil 24-may kuni Navalniyning jinoiy modda haqidagi ayblovi butkul yolg‘ondan iborat ekanligiga misol keltirgan.

Turkiston Harbiy okrugi Harbiy tribunali sudining 1980-yil 19-avgustdagi hukmida ham, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy Kollegiyasining 2000-yil 3-maydagi hujjatida ham "zo‘rlash" yoki Jinoyat kodeksining bu moddasi bilan bog‘liq so‘z mavjud emas. Buning ustiga va eng muhimi, Kollegiya aslida jinoyat sodir etilmagani, ayblovlar esa soxtalashtirilganligini aniqlagan.

Shunday ekan, janob Usmonov hech qachon hech qanday jinoyat sodir etmagan. Ushbu hujjatlar o‘rganish uchun OAV vakillariga taqdim etilgan. Bunga javoban janob Navalniy zo‘rlash haqidagi ma’lumotni u Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Kreyg Murreyning kitobidan olganligini bildirgan bo‘lib, bu gap ham yolg‘ondir.

Alisher Usmanov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Navalniy ayblovlarini puchga chiqardi

Aytib o‘tilgan kitobda bunday ma’lumotlar aks etmagan, buni istagan kishi osongina tekshirib ko‘rishi mumkin, chunki kitob omma uchun ochiq tarzda. Shunday qilib, janob Navalniy uch marta yolg‘on ishlatgan: birinchidan, janob Usmonov hech qachon zo‘rlash jinoyati uchun sudlanmagan, ikkinchidan, Navalniy o‘zi tilga olgan kitobni o‘qimagan, uchinchidan, kitobda bu haqda hech qanday so‘z yo‘q. Aftidan, Navalniy Usmonovga janob Murreyni tuhmatchilikda ayblashni taklif qilib o‘zi yana bir bor javobgarlikdan qochishga urinmoqda.

Shuni unutmaslik lozimki, yolg‘on ma’lumot tarqatgan shaxs RF Fuqarolik kodeksining 152-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. Jamoatchilik e’tiboriga yana bir bor ma’lum qilamizki, janob Navalniyning qolgan yolg‘on bayonotlari bo‘yicha ham ishonchli va rad etib bo‘lmas dalillar qiziqish bildirgan OAVga janob Usmonov tomonidan taqdim etilgan.

Agarda Navalniy matbuotni o‘qishda qiyinchilik sezadigan bo‘lsa, bu dalillar unga sudda namoyish etiladi", — deyiladi matbuot xizmatining RNS portalida chop etilgan rasmiy javobida.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0