Rossiya murabbiyi: terma jamolar o‘yini “jangovor” ruhda o‘tdi

© fotoliaFutbolniy mach
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha shanba kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi 4:3 hisobda Rossiya g‘alabasi bilan yakunlandi.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston yoshlar jamoalari orasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi “jangovor” ruhda o‘tdi, dedi Rossiya jamoasi murabbiyi Yevgeniy Bushmanov R-sport agentligiga.

Kecha shanba kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi 4:3 hisobda Rossiya g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yin Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda Rossiya jamoasi nisbatn kuchli o‘yinchilar tarkibida o‘ynagani tufayli Rossiya jamoasi 3:0 hisobida ustunlikka erishdi. Lekin ikkinchi bo‘limda Rossiya jamoasi murabbiyi barcha asosiy o‘yinchilarni zahiradagilar bilan almashtirdi. Bu esa O‘zbekiston jamoasiga ustunlikka erishish imkonini berdi. Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston jamoasi 3ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Rossiya jamoasi esa yana bitta to‘p kiritdi.

“O‘yinning ikki bo‘limi hisob va o‘yin bo‘yicha butunlay ikki xil bo‘ldi. Biz barcha o‘yinchilarimizni o‘yinda sinab ko‘rmoqchi edik. O‘zbekiston muxlislari jamoalarini yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi. O‘yin qizg‘inligi, muhiti jihatidan mutlaq o‘toqlik o‘yiniga emas, ko‘proq haqiqiy “jangovar” o‘yinga  o‘xshagan bo‘ldi. Bularning hammasi o‘yinchilar uchun yaxshi tajriba. Mana shunday o‘yinlarda kimning ruhi va irodasi kuchli ekani yaxshi ko‘rinadi. Bu juda muhim. Shuning uchun ushbu o‘yin biz uchun foydali bo‘ldi. Biz ko‘p narsa o‘rgandik”, — dedi Bushmanov.

Quyidagi videolavhada ushbu uyinda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0