2017 yilda O‘zbekistonda 39 ta sport inshootlari qayta ta’mirlanadi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSportsmeni na razminke pered nachalom sorevnovaniy po plavaniyu
Sportsmeni na razminke pered nachalom sorevnovaniy po plavaniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yosh bolalalar uchun sport obyektlari qurish va ta’mirlash ishlariga 298 mlrd sum mablag‘ ajratiladi.

TOShKENT, 29-may — Sputnik. 2017 yil yakuniga qadar O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan qurilish va ta’mirlash ishlariga qariyb 298,4 mlrd sum mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Uzbekistan Today nashri xabar berdi.

Jamg‘arma O‘zbekiston turli viloyatlarida 25 ta yangi sport obyektlar qurilishi, 13 ta sport obyektlarni rekonstruksiya qilish hamda 1 ta yosh-o‘smirlar sport obyektini kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun moliviy mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

Bunga misol tariqasida, Mirobod tumanida o‘smirlar uchun 1-chi sport maktabida yopiq suzish havzasi quriladi hamda ushbu tumanda mavjud bo‘lgan sport majmua to‘liq rekonstruksiya qilinadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0