Wargaming: O‘zbekistonda "tank" o‘ynashadi va buni biz qadrlaymiz

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishIgra World of Tanks
Igra World of Tanks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
World of Tanks o‘yini yaratuvchilari Wargaming kompaniyasi kibersport yo‘nalishi rahbari Kornishev MDH davlatlarida tank o‘yiniga qiziqish darajasi hamda o‘zbekistonlik ishqibozlari haqida fikr bildirdi.

TOShKENT, 29-may — Sputnik. Wargaming kompaniyasining kibersport yo‘nalishi rahbari Kornishev, Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda World of Tanks o‘yininining o‘zbekistonlik ishqibozlari haqida fikr bildirdi.

Kornishev aytishiga qaraganda, 2020-yilga kelib butun dunyoda kibersport ishqibozlari soni 4 baravar oshadi. Shunga yarasha kompaniya rivojlanishi ham kutilmoqda.

Final chempionata mira po World of Tanks - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada World of Tanks chempionati yakunlandi

"2017 yilda kibersport ishqibozlari 386 mln kishini tashkil etsa, 2020-yilga kelib ularning soni 1,5 mlrdga yetadi, shunga yarasha bozori ham kengayadi", — deb ta’kidladi Kornishev.

Kornishevning so‘zlariga ko‘ra, MDH davlatlari o‘rtasida World of Tanks kompyuter o‘yini eng ko‘p Rossiyada 12,9 mln odam o‘ynaydi. O‘zbekistondagi o‘yin ishqibozlari sonini aniqlash sal qiyinroq, lekin shunga qaramay o‘yin yaratuvchilari o‘zbekistonlik geymerlarni juda qadrlashadi va ular uchun "Tank" o‘ynashda qulayliklar yaratish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni ishga solishmoqda.

"O‘zbekiston o‘yin ishqibozlarining asosiy muammosi bu internet tezligi va uning narxi", — deb qo‘shimcha qildi Kornishev.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0