Jamiyat

Andijon va Oʻsh viloyatlari chegarasida topografik va yer tuzish ishlari boʻlib oʻtdi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovKontrolno propusknoy punkt na granitse s Kыrgыzstanom
Kontrolno propusknoy punkt na granitse s Kыrgыzstanom - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasi uchastkalarida kameral ishlar olib borildi

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Andijon viloyati bilan Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati tutashgan hududlardagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasida qoʻshma topografik va yer tuzish ishlari boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jamiyat
Tojikiston va Oʻzbekiston chegara masalalariga nuqta qoʻyishadi

Xabarda bildirilishicha, 21-26 may kunlari Qirgʻizistonning Jalol-Obod shahrida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Hukumat delegatsiyalarining Oʻzbekiston-Qirgʻiziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha ishchi guruhlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasi uchastkalarida kameral ishlar olib borildi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Andijon viloyati bilan Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati tutashgan hududlardagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasida qoʻshma topografik va yer tuzish ishlari boʻlib oʻtdi.

Muzokaralar davomida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasini delimitatsiya qilish boʻyicha oraliq Shartnoma loyihasi tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuniga koʻra Bayonnoma imzolandi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala