Jamiyat

Alixonov: Oʻzbekiston transchegaraviy suvlardan adolatli foydalanish tarafdori

© Sputnik / StringerTashkentskoye more ili prityagatelnыy Charvak
Tashkentskoye more ili prityagatelnыy Charvak - Sputnik Oʻzbekiston
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Boriy Alixonovning aytishicha,hozirda Orol dengizi boʻyicha maxsus hujjat - Konventsiya ishlab chiqilmoqda

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston transchegaraviy suvlardan xalqaro huquq asosida oqilona va adolatli foydalanish tarafdoridir, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Boriy Alixonov.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Sardoba suv ombori xalq uchun qoʻshimcha daromad manbai ekanligini aytdi

"Oʻzbekiston va Qozogʻiston rahbarlari bu masala boʻyicha yaqinda oʻz nuqtai nazarlarini bayon etishdi. Bu Rogʻunga ham, Orol dengizi havzasida joylashgan boshqa ulkan gidrotexnik inshootlarga ham tegishli. Amudaryo va Sirdaryo hamda boshqa daryolar ushbu havzaga kiradi, bu asrab-avaylash zarur boʻlgan yagona ekotizimdir", — dedi u.

Alixonovning aytishicha, hozirda Orol dengizi boʻyicha maxsus hujjat — Konventsiya ishlab chiqilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq oʻzbek ekspertlari Vaxsh daryosida quriladigan Rogʻun gidroelektrostantsiyasi borasida oʻz xavotirlarini bildirishgandi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala