Dunyoda

Fatxulla Gyulen va yana 130 qochqin Turkiya fuqaroligidan mahrum qilindi

© REUTERS/Greg Savoy/Reuters Fatxulla Gyulen
Fatxulla Gyulen - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiya hukumati tomonidan tuzilgan roʻyxatdan joy olgan odamlar mamlakatga qaytib, hukumatga taslim boʻlsalargina fuqarolikni saqlab qolishlari mumkin

TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Turkiya hukumati tomonidan mamlakatda harbiy isyon tashkil etganlikda ayblanib kelayotgan radikal islom targʻibotchisi Fatxulla Gyulen Turkiya fuqaroligidan mahrum qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Turk politsiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Turk politsiyasi Gyulen tarafdorlarini hibsga olish operatsiyasini boshladi
Turkiya hukumati qahriga uchragan targʻibotchidan tashqari chet davlatda boʻlgan yana 130 kishi fuqarolikdan mahrum qilingan. Ulairning barchasiga nisbatan ayni vaqtda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Roʻyxatga tushganlar 3 oy ichida vatanga qaytib, rasmiy organlarga murojaat qilmasalar Turkiya pasportidan mahrum boʻlishlari aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yil 16 iyulga oʻtar kechasi Turkiyada bir guruh isyonchilar harbiy davlat toʻntarishiga urinishdi. Asosiy toʻqnashuvlar Anqara va Istanbulda sodir boʻldi. Isyonchilarni hisobga olmaganda 246 nafar fuqaro halok boʻldi, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlandi. Qoʻzgʻolon bostirildi.

Turkiya hukumati Gyulenni davlat toʻntarishiga urinishda aloqadorlikda aybladi va AQShdan uni topshirishini soʻradi. Gyulenning oʻzi esa isyonni qoraladi va bu ishga aloqasi yoʻqligini bildirgan edi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala