GM Uzbekistan: urush qatnashchilari avtomobillarni eski narxda va navbatsiz olishadi

© toshkent.uzAvtomobil, podarenniy veteranu voyni
Avtomobil, podarenniy veteranu voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan urush qatnashchilarining korxonada ishlab chiqarilgan avtomobillarni olishlari tartibiga oydinlik kiritdi

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. GM Uzbekistan kompaniyasi urush qatnashchilarining korxonada ishlab chiqarilgan avtomobillarni olishlari tartibiga oydinlik kiritdi.

Bu haqda kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Na avtostoyanke vozle zavoda General Motors - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan avtomobillar narxlarini rasman e’lon qildi

"Kelib tushayotgan ko‘p sonli savollarni inobatga olib, iste’molchilarga quyidagini ma’lum qilamiz: 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga berilgan nomli sertifikatlar asosida tuziladigan yangi shartnomalarda 2017-yil 31-mayigacha amal qilgan narxlar qo‘llaniladi. Bundan tashqari avtomobillar veteranlarga navbatsiz beriladi", deyiladi xabarda.

Kompaniya qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun +99871 141-77-77 telefon raqamiga murojaat etishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1-iyunidan boshlab GM Uzbekistan kompaniyasi o‘z avtomobillari narxi oshganligini e’lon qilgandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0