Siyosat

Samarqand hokimi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazadi

2017 yil 10 iyun kuni Samarqand viloyatida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi oʻtkaziladi

TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Samarqand viloyati hokimligi yoshlarni viloyat hokimi bilan uchrashuvga chorlamoqda.

Bu haqda hokimli matbuot-xizmati xabar qildi.

Himmat Oqboʻtayev qarori bilan Narpay hokimi ishdan boʻshatildi
"2017 yil 10 iyun kuni viloyatimizda "Hokim va yoshlar" uchrashuvi oʻtkaziladi.

Dastlab viloyat hokimi, oʻrinbosarlari va boshqa idoralar rahbarlari tuman va shaharlarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boʻlimlari faoliyati bilan tanishadi.

Soat 17.00da viloyat hokimi H.Oqboʻtayevning videoselektor orqali yoshlar bilan uchrashuvi oʻtkaziladi", — deyilgan xabarda.

Uchrashuvda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, takliflar bilan viloyat hokimi va boshqa rahbarlarga murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, tadbir oldidan yigit-qizlarning viloyat hokimiga murojaatlari "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkilotlari va tuman, shahar boʻlimlarida ham qabul qilinadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala