Hodisalar

MXX 20dan ortiq aʼzosi boʻlgan yirik jinoiy guruhni qoʻlga oldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka oʻtishruki naruchniki
ruki naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Maxsus operatsiya chogʻida taqiqlangan moddalar sotish bilan shugʻullanuvchi 20dan ortiq jinoyatchi hamda guruh boshligʻi qoʻlga olindi

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. MXX tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda Toshkent shahrida psixotrop moddalar tarqatish bilan shugʻullanuvchi yirik guruh faoliyatiga chek qoʻydilar, deb maʼlum qildi Sputnik muxbiriga kuch tizimidagi manba.

Guruhning 23 nafar aʼzosini qoʻlga olish boʻyicha maxsus operatsiya Uchtepa va Chilonzor tumanlarida oʻtkazildi. Operatsiya chogʻida koʻp miqdorda turli psixotrop vositalar, jumladan 5980 dona tramadol, 55 dona trambo — 55 shtuk, 43 dona "lirika", 10 dona sonat hamda 4,7 million soʻmdan ortiq pul musodara qilindi. Tezkor xodimlar shuningdek, sotuvchilarning "qora buxgalteriya" hisob daftarini ham qoʻlga kiritishdi.

Jamiyat
Oʻzbekistonda tabletka giyohvandligiga ruju qoʻyganlar koʻpaymoqda

Surishtiruv davomida tezkor xodimlar jinoiy guruhning tashkilotchisi va rahbarining iziga tushishga muvaffaq boʻlishdi. MXX va IIBB xodimlari oʻtkazgan maxsus operatsiya chogʻida hech qayerda ishlamaydigan, turli jinoyatlari uchun ilgari bir necha marta sudlangan 41 yoshli Sultonxoʻja Aʼzamov qoʻlga olindi. U Toshkentning bir nechta nuqtalarida psixotrop moddalar sotuvini tashkil etgan va nazorat qilgan, har kuni chakana sotuvchilardan 100 dollardan pul yiqqan. U shuningdek, qimor oʻyinlariga ixtisoslashgan yashirin tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash bilan ham shugʻullangan.

Guruh psixotrop vositalarni kontrabanda yoʻli bilan Qozogʻistondan olishgan. Soʻngra dorilar qadoqlanib Buxoro, Xorazm va Surxondaryo viloyatlariga joʻnatilgan. Toshkentda dori tarqatiladigan asosiy markazlar Uchtepa va Chilonzor tumanlari boʻlgan.

Bosh prokuratura huzuridagi departament Aʼzamov va uning sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 2-qismi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) va 165-moddasi 2-qismi (Tovlamachilik) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0