Tojik-afg‘on chegarasida otishma sodir bo‘ldi

© Sputnik / Semiraga / Mediabankka o‘tishSoldat na granitse
Soldat na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakatga kirishga uringan shaxslar oxir-oqibat chekinishga majbur bo‘lgan

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining xabariga ko‘ra, 8-iyun kuni kechqurun Tojikiston va Afg‘oniston chegarasining janubiy qismida chegarachilar va mamlakatga kirishga uringan kontrabandachilar o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
"Tolibon" jangarilari afg‘on-tojik chegarasi yaqinida jang olib bormoqda

Mamlakatga kirishga uringan shaxslar oxir-oqibat chekinishga majbur bo‘lgan. Harbiylar va narkosavdogarlar orasida qurbonlar bor-yo‘qligi ma’lum qilinmagan.

Keyinroq to‘qnashuv hududida qopga joylangan og‘irligi 15 kilogramm nasha topilgan.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining bildirishicha, 2017-yil boshidan buyon tojik harbiylari 32-marta chegara buzish holatlarini aniqlashgan, 11-marta qurolli guruhlar bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan va sakkiz nafar chegarabuzar yo‘q qilingan hamda besh nafari qo‘lga olingan. Ushbu holatlarda 340 kilogramm giyohvandlik moddasi va 130 dona qurol va o‘q-dorilar musodara qilingan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0