Orenburgdan Toshkentga besh kilogramm zuluk olib chiqishga urinishdi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishZuluklar
Zuluklar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zuluklar solingan qop "Ilesk-1" stansiyasida, vagonlar nazoratdan o‘tkazilayotgan vaqtda aniqlangan

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Rosselxoznadzor(Rossiya qishloq xo‘jaligini nazorat qilish) qo‘mitasi Orenburg viloyati boshqarmasi xodimlari chegarada tirik tovarni qo‘lga oldi.

Moskva-Toshkent poyezdi orqali O‘zbekistonga besh kilogramm zulukni olib kirishga urinishdi.

Xabarda ko‘ra, zuluklar solingan qop "Ilesk-1" stansiyasida, vagonlar nazoratdan o‘tkazilayotgan vaqtda aniqlangan. Jonli tovar Orenburgdan O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan bo‘lgan. Tovar yonida hech qanday hujjatlar aniqlanmagan.

Shu tariqa zuluklar qo‘lga olingan va ular jo‘natilgan manzil bo‘yicha ortga qaytarilishi haqida qaror qabul qilingan.

Rosselxoznadzor regional bo‘limi xabariga ko‘ra, belgilangan tartibni buzganligi uchun yuk tashuvchi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0