35 ming $ evaziga qamoqdan ozod qilishga va’da bergan tovlamachilar qo‘lga olindi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus tadbir chog‘ida Respublika olimpiya zaxiralari kolleji murabbiyi Azamat Boyqulov va poytaxtdagi "Edem" tungi klubi qo‘riqchisi Erkinjon Fayziyev qo‘lga olindi

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari pul evaziga jazo o‘tash muassasasidagi mahbusni ozodlikka chiqarishga yordam berishni taklif qilgan tovlamachilarni qo‘lga olishdi, deb ma’lum qildi kuch tizimi xodimi Sputnik muxbiriga.

Borba s prestupnostyu - Sputnik O‘zbekiston
Tovlamachi militsiya mayori qo‘lga olindi

Maxsus tadbir chog‘ida Respublika olimpiya zaxiralari kolleji murabbiyi Azamat Boyqulov va poytaxtdagi "Edem" tungi klubi qo‘riqchisi Erkinjon Fayziyev qo‘lga olindi.

"Tovlamachilar ichki ishlar organlarida o‘z odamlari borligini aytishgan va Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi jazoni o‘tash koloniyasida jazo o‘tayotgan mahbusning qarindoshlariga uni shartli ravishda muddatidan oldin ozodlikka chiqarishda yordam berishni va’da qilishgan. Bu "xizmat" uchun ular 35 ming dollar so‘rashgan. Tezkor xodimlar ularni Respublika olimpiya zaxiralari kolleji oldida 20 ming dollar bo‘nak olayotganida qo‘lga olishdi", — dedi MXX vakili.

Bosh prokuratura A.Boyqulov va E.Fayziyevga nisbatan Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Yangiliklar lentasi
0