Navoiyda ziyoratgohlarni ta’mirlashga 1,5 milliard so‘m sarflanadi

© UzbekturizmNavoiy. "Qosim Shayx" ziyoratgohi
Navoiy. Qosim Shayx ziyoratgohi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan chorakda Karmana tumanidagi "Raboti Malik" karvonsaroyida xuddi shunday ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Hozirda esa "Qosim Shayx" ziyoratgohida ko‘rkamlashtirish ishlari olib borilayapti

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Navoiyda ziyoratgohlar yanada ko‘rkamlashadi, deb xabar qilindi O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy saytida.

Vid s lestnisi, vedushey k vershine gori - Sputnik O‘zbekiston
Hazrati Dovud ziyoratgohida tartib o‘rnatiladi
Qayd etilishicha, 2017-yil davomida Navoiy viloyatida bir qator tarixiy maskanlarda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

O‘tgan chorakda Karmana tumanidagi "Raboti Malik" karvonsaroyida xuddi shunday ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Hozirda esa "Qosim Shayx" ziyoratgohida ko‘rkamlashtirish ishlari olib borilayapti. Qadamjoda ustalar tomonidan hovlilardagi supalari, xonaqoh gumbazi, darvoza va eshiklar ko‘rinishini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.

© UzbekturizmNavoi. "Kasim Shayx"
Navoi. Kasim Shayx - Sputnik O‘zbekiston
Navoi. "Kasim Shayx"

Ushbu ikki ziyoratgoh ta’miri uchun 1,5 milliard so‘mdan ortiq hajmdagi ishlar amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur obyektda ta’mirlash ishlari tez kunda yakunlanib, yana ziyoratchi va sayyohlarni qabul qilishni boshlaydi.

Kelgusida "Mir Said Bahrom" ziyoratgohi, "Raboti Malik", "Sardoba", "Shayx Abul Xasan Nuriy" maqbaralari kabi yana 8 ta muqaddas qadamjoni ta’mirlash ko‘zda tutilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0