Siyosat

Oʻzbekistonda odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

© Sputnik / Andrey Starostin / Fotobankka oʻtishSudya bolgʻachasi
Sudya bolgʻachasi - Sputnik Oʻzbekiston
13 iyun kuni oʻtkazilgan sud tizimiga bagʻishlangan videoselektor davomida Oʻzbekiston prezidenti ixtisoslashgan oʻquv muassasasi - Odil sudlov akademiyasini tashkil etish haqida taklif bildirdi

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Yigʻilishda sudyalarni kasbga tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish masalasi atroflicha muhokama qilindi. Prezidentimiz tomonidan bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida ixtisoslashgan oʻquv muassasasi — Odil sudlov akademiyasini tashkil etish haqida bildirilgan taklif yigʻilish qatnashchilari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Mirziyoyev yigʻilish davomida bugungi kunda xalq kutayotgan adolatli qarorlar qabul qilishga har tomonlama qodir, irodasi mustahkam, yuksak kasb va maʼnaviy fazilatlarga ega boʻlgan sud xodimlari tarkibini shakllantirish eng muhim vazifa boʻlib qolayotganini taʼkidlagan. "Shu maʼnoda oʻz sohasini yaxshi bilmaydigan, puxta kasb va hayot tajribasiga, yuksak maʼnaviy-axloqiy saviyaga ega boʻlmagan yurist kadrlar hech qachon sudya lavozimiga tayinlanmasligi kerak", degan Oʻzbekiston prezidenti.

Yigʻilishda adolat va maʼnaviyat — oʻzaro chambarchas bogʻliq tushunchalar ekani, maʼnaviyat boʻlmagan joyda hech qachon adolat boʻlmasligi, shuning uchun ham sudyalar, yurist kadrlarni tayyorlash va sudyalik lavozimiga tayinlashda bu masalaga alohida eʼtibor qaratish lozimligi uqtirib oʻtildi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev yana bir videoselektor yigʻilishini oʻtkazdi
Aynan maʼnaviy fazilatlarning yetishmasligi tufayli ayrim sudyalar oʻrtasida qonunga zid harakatlar sodir etish, nopoklik, taʼmagirlik, odamlarning dardu tashvishlariga loqayd qarash, adolat mezonlariga xilof ravishda qarorlar qabul qilish holatlari uchrab kelayotgani qattiq tanqid qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sobiq rahbarlari aynan ana shunday oʻta muhim masalalarga vaqtida eʼtibor qaratmagani tufayli sohada jiddiy kamchilik va muammolar vujudga kelgani afsuslanarli holat ekani taʼkidlandi.

Oliy sudning yangi rahbarlari oldiga bunday kamchilik va muammolarni tezlik bilan bartaraf etish, sud organlari va sudyalar faoliyatini qonun va adolat talablari asosida samarali tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha aniq vazifalar qoʻyildi.

Ayniqsa, fuqarolarning sud idoralarida sarson-sargardon boʻlishining oldini olish, ishlarni oʻz vaqtida koʻrmasdan, odamlarni ovora qilgan sud xodimlariga munosib baho berish zarurligi qatʼiy taʼkidlandi. Shu maqsadda ilgari surilgan muhim bir fikr — har bir sudya tomonidan aholi bilan joylarda bir oyda kamida bir marta ochiq muloqotlar tashkil etish haqidagi taklif ishtirokchilar tomonidan toʻliq maʼqullandi.

Sudya lavozimida faoliyat koʻrsatayotgan sud xodimlari oʻz faoliyati yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida axborot berishi bilan bogʻliq amaliyotni yoʻlga qoʻyish vaqti kelgani qayd etildi. Bundan buyon sudyalar faoliyatiga, birinchi navbatda, xalqning oʻzi baho beradi, dedi Mirziyoyev.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala