Rossiya

Putin savollarga jonli efirda javob beryapti

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishVladimir Putin bilan jonli muloqot
Vladimir Putin bilan jonli muloqot - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklar bilan markaziy telekanallar va radiostantsiyalar orqali jonli efirda oʻn beshinchi bor muloqot qiladi

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻtkazadi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Xotiningga it olib ber" yoxud Putinga qilingan eng gʻalati iltimoslar
Rossiya rahbariga berilgan eng qiziqarli savollar va Putinning asosiy fikrlari haqida Sputnik Oʻzbekiston muxbiri onlayn-reportajida oʻqing.

Bu yil Rossiya prezidenti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotga 1,8 million murojaatlar kelib tushgan. Ularning teng yarmidan koʻpi telefon, 370 mingtasi — sms, 280 mingtasi esa — ijtimoiy tarmoqlar orqali yoʻllangan.

Jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlarda matbuot-anjumani oʻtkaziladigan zaldan fotosuratlarni joylashtirishni boshladilar.

​Rossiya prezidenti ikki kun davomida ushbu muloqotga tayyorgarlik koʻrdi, dedi Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Vladimir Putin zalga kirib keldi va barcha ishtirokchilar bilan salomlashdi.

Vladimir Putin jonli muloqot avvalida Rossiya iqtisodiyoti haqida gapirdi

Putinning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda Rossiya oʻsish davriga oʻtgan. "Mamlakat iqtisodiyoti retsessiyadan (toʻxtab qolishdan) chiqdi", deb qayd etdi Putin.

Rossiya prezidenti shu bilan birga Rossiyada qashshoqlik chegarasida yashovchi odamlar koʻpayayotganidan havotir bildirdi. "Ish joylarini koʻpaytirish va mehnat samaradorligini oshirish lozim", — dedi Putin.

Putin nega bu yil gubernatorlarni yoppasiga almashtirdi?

"Gubernatorlarning aksariyati oʻzlari bu savolni oʻrtaga tashlashdi, ayrim joylarda esa xalq oʻzgarish kutayotganini his qildi", — deb javob berdi Putin.

Rossiya yillar davomida sanktsiyalar bosimi ostida yashashga tayyormi?

Boshqa davlatlar Rossiya yuzida raqibni koʻra boshlagan davrdan boshlab, ular shu zahotiyoq turli bahonalar ostida cheklovlar kirita boshladilar, deb bayonot qildi Putin.

RF prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin "Al-Qoida", Gorbachyov va Rossiyani oʻz vassaliga aylantirishga urinayotgan AQSH haqida
"Qrim boʻlmaganida, albatta boshqa bir bahona topilardi", — dedi u.

"Sanktsiyalar tufayli biz miyani ishga soldik", qoʻshimcha qildi Putin.

Umuman, Rossiya rahbari sanktsiyalar mamlakat iqtisodiyoti holatiga taʼsir koʻrsatmaganini, aksincha boshqa bir muammo — yaʼni neft narxi tushishi muhimroq muammo boʻlganini qayd etdi.

Sanktsiyalar kiritgan davlatlarning oʻzlari Rossiyadan koʻra koʻproq yoʻqotish koʻrdilar, dedi Putin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala