Jamiyat

Ispan jurnalisti: Mirziyoyev gapdan koʻra ishni maʼqul koʻradigan siyosatchi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Ispaniyalik jurnalist Alberto Rubio "Shavkat Mirziyoyev: ishonchli qadam tashlangan olti oy" maqolasida Oʻzbekistonda bugungi kunda yuz berayotgan oʻzgarishlarni tahlil qildi

TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni xorijda ham keng eʼtibor va qiziqishga sabab boʻlmoqda.

Xususan, taniqli jurnalist, "Ispaniyadagi diplomat" nashri bosh muharriri Alberto Rubio "Shavkat Mirziyoyev: ishonchli qadam tashlangan olti oy" maqolasida Oʻzbekistonda bugungi kunda yuz berayotgan oʻzgarishlarni tahlil qilgan. Maqola Ispaniyaning Atalayar jurnalida chop etilgan, deb yozadi "Jahon" AA.

"Shavkat Mirziyoyev — oʻta pragmatik (oʻz dunyoqarashiga ega, gapdan koʻra ishni maʼqul koʻradigan amaliyotchi) siyosatchi. U Oʻzbekistonni oʻtish davridan zoʻriqishlarsiz chiqib olishini yengillashtirgan, bozor iqtisodiyoti va demokratik tizim sari dadil odimlashga olib boruvchi yoʻlni qoʻllab-quvvatlaydi, — deyiladi maqolada. — Yangi tizim kamchiliklardan xoli boʻlmasa-da, Oʻzbekistonda koʻp partiyaviy saylovlarni noxushliklarsiz oʻtkazish imkonini berdi. Eng muhimi — Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston prezidenti lavozimiga kirishganidan boshlab oʻtgan 180 kun davomida biz ushbu mamlakat siyosatida sezilarli oʻzgarishlarga guvoh boʻldik".

© SputnikAtalayar nashri sayti
Skrinshot sayta izdaniya Atalayar - Sputnik Oʻzbekiston
Atalayar nashri sayti

Jurnalist yangi rahbarning qisqa muddatli istiqboldagi strategik va eng muhim — mamlakatda barqarorlikni saqlab qolish maqsadi amalga oshganini taʼkidlaydi. Prezidentlikka saylanganidan soʻng olib ishlari esa mamlakatni rivojlantirishning yanada demokratik mexanizmlarini ishlab chiqish rejalaridan guvohlik beradi.

"Bu boradagi ilk choralardan biri prezidentning Xalq qabulxonalari tizimi tashkil etilishi boʻldi. Bu fuqarolar va tashkilotlarning prezidentga shaxsan va virtual tarzda murojaat qilish imkoniyati demakdir va bu deyarli inqilobiy tashabbus, — deb hisoblaydi ispan sharhlovchisi. — Mamlakat taraqqiyoti uchun muhim boʻlgan yangicha iqtisodiy qarash esa Oʻzbekistonni 2017-2021 yillarda besh ustuvor yoʻnalish boʻyicha rivojlantirishning harakatlar Strategiyasida oʻz aksini topdi. U xususiy sektor va xorijiy investitsiyalarning qatʼiy qoʻllab-quvvatlanishiga qaratilgan. Shu maqsadda mamlakatda erkin iqtisodiy hududlar soni 7taga yetdi, buning ustiga ular turli hududlarda tashkil etildi. EIHlarda investorlar uchun alohida soliq siyosati amal qiladi".

Muallif shu bilan birga mamlakatga xorijiy investitsiyalar kirishiga toʻsqinlik qiluvchi maʼlum bir omillar borligini qayd etadi. Ulardan biri valyuta masalasi boʻlib, uning tartibga solinishi investorlarga oʻz daromadlarini toʻlaligicha yoki qisman oʻz mamlakatlariga joʻnatish imkonini bergan boʻlardi.

Alberto Rubio xulosa qilar ekan, Oʻzbekistonning yangi rahbariyati tomonidan tanlangan yoʻl bosqichma-bosqich amalga oshiriluvchi islohotlarning yaxlit majmuasini tashkil qilishini va bu yoʻl oson emasligini bildiradi. Lekin muallifning fikriga koʻra, eng asosiysi prezident va xalqning taraqqiyotning yangi darajasiga erishish va global bozor iqtisodiyotiga qoʻshilish borasida mustahkam irodaga ega ekanligidir.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala