Jamiyat

Odil Axmedovning futbol akademiyasiga qabul boshlandi

© Federatsiya futbola UzbekistanaIlyas Axmedov, uchastnik programmы "Futbol dlya drujbы" (Football for Friendship)
Ilyas Axmedov, uchastnik programmы Futbol dlya drujbы (Football for Friendship) - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu oʻquv yili futbol akademiyasiga 2004 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar qabul qilinadi. Imtihonlar iyul oyining boshida boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Namangan futbol internati va Odil Ahmedov hamkorligida futbol akademiyasi ushbu oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydi.

Bu yil akademiyaga 2004 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar qabul qilinadi. Imtihonlar iyul oyining boshida boʻlib oʻtadi. Boʻlajak oʻquvchilar sport kollejining futbol boʻlimiga imtihon topshiradilar.

Odil Axmedov v igre so sbrnoy Yujnoy Korei - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Odil Axmedov Namanganda futbol akademiyasi ochadi

Tanlov ikki qismdan iborat boʻladi. Iyul oyining boshida Namangan shahrida 2004 va 2005 yillarda tavallud topgan jamoalar oʻrtasida oʻrtoqlik oʻyinlari tashkil qilinadi. Unda vodiydagi 20ga yaqin klub va BOʻSMlar ishtirok etishlar mumkin boʻladi. Oʻyinlar davomida poytaxt va vodiylik mutaxassislar tomonidan tuzilgan komissiya, oʻzlariga maʼqul kelgan futbolchilarni tanlab olib ikkinchi bosqichga taklif etishadi.

Ikkinchi bosqichda yakuniy imtihonlar boʻlib oʻtadi. Undan muvaffaqiyatli oʻtgan futbolchilar yotoqxona bilan taʼminlangan holda, Yevropa metodikasi asosida professional futbol sir-asrorlarini oʻrganadilar.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik mashhur legoner-futbolchi Odil Axmedov intervyularda bir necha bor Namanganda futbol akademiyasi tashkil qilish orzusi borligini aytib oʻtgan edi.

UZ24.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala