O‘zbekiston Markaziy banki raisiga o‘rinbosar tayinlandi

© uz.24O‘zbekiston Markaziy banki
O‘zbekiston Markaziy banki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin Markaziy bank raisi o‘rinbosarlari - Shohruh Shoahmedov va Sherzod Xajimuratov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimlaridan ozod qilingandi

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Atabayev Shuxrat Xaldarovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank raisining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-iyundagi PF-5093-son farmoniga muvofiq Atabayev Shuhrat Xaldarovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi", — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq, Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmonlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Timur Ishmetov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari, Saidkamol Xodjayev Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Markaziy bank raisi o‘rinbosarlari — Shohruh Shoahmedov va Sherzod Xajimuratov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimlaridan ozod qilingan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0