"O‘zbekneftgaz" MXK o‘zbekistonliklarga Spark yutib olish imkoniyatini taqdim etmoqda

© NXK UzbekneftegazO‘zbekneftegaz MXK binosi
O‘zbekneftegaz MXK binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasi va O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi yangi logotip va slogan yaratish uchun ochiq tanlov e’lon qildi

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Neftgaz sohasiga mansub milliy brend logotipi bo‘yicha o‘z takliflarini nafaqat professional reklama kompaniyalari va agentliklar, balki xususiy shaxslar (frilanserlar, talabalar va h.k.) ham taqdim etishlari mumkin.

Zdanie NXK Uzbekneftegaz - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekneftegaz" o‘z brendi va shiorini o‘zgartiradi
Barcha ishlarni "O‘zbekneftgaz" MXK va O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rahbariyati vakillaridan iborat bo‘lgan tanlov komissiyasi ko‘rib chiqadi.

Komissiya ishlarni quyidagi mezonlar bo‘yicha baholaydi:

— kompaniya falsafasi, missiyasi va qadriyatlarini aks ettirish

— logotip g‘oyasining teranligi va lo‘ndaligi;

— logotip bosma va nobosma materiallar, brendlashtirilgan mahsulot va korporativ sovg‘alariga moslashuvchanligi;

logotipning ko‘zga ko‘rinadigan qismi kreativligi va yangichaligi (yangi logotip amaldagiga o‘shash bo‘lmasligi lozim).

Uchastok magistralnogo gazoprovoda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tabiiy gaz tanqisligi muammosi bartaraf etiladi
Komissiya 50 (ellikta) eng yaxshi ishlarni tanlab oladi va final bosqichi ishtirokchilari orasida ochiq tanlov o‘tkazadi.Final qatnashchilarining ishlari, tanlov natijalari va g‘olibning nomi kompaniya rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Tanlov g‘olibi qimmatbaho sovrin — Chevrolet Spark avtomobili bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talabnomalar 2017-yil 21-iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlov yakunlari 2017-yil 25-avgustda sarhisob qilinadi.

G‘oliblar nomlarini e’lon qilish va taqdirlash marosimi joriy yil 30-avgustda (O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi Kuni arafasida) o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0