Oʻzbekiston FVV rahbari Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

© mfa.gov.kzYerik Utembayev - Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchisi
Yerik Utembayev - Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchisi - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuv davomida ikki davlat oʻrtasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari R. Djurayev Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashdi, deb xabar qildi FVV matbuot-xizmati.

"2017 yilning 23 iyun kuni vazirlik binosida Favqulodda vaziyatlar vaziri R. Djurayevning Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi", — deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala