Hodisalar

Fargʻonalik ayol oʻz turmush oʻrtogʻini oʻldirib qoʻydi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishHuquq-tartibot organlari tomonidan xibsga olinish jarayoni
Huquq-tartibot organlari tomonidan xibsga olinish jarayoni - Sputnik Oʻzbekiston
Ayol oʻz turmush oʻrtogʻini ochiq ayvondan itarib yuborgan va boshiga yogʻoch bilan tushirgan

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Fargʻonalik ayol oʻz turmush oʻrtogʻining qotiliga aylandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

Hodisalar
Yunusoboddagi yerosti yoʻlagida sodir etilgan qotillik tafsilotlari maʼlum boʻldi
Xabarda aytilishicha, Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1965 yilda tugʻilgan Z.Q uyida oilaviy janjal oqibatida mast xolda boʻlgan turmush oʻrtogʻi, 1964 yilda tugʻilgan B.Xni ochiq ayvondan itarib yuborgan. Bu ham yetmaganday pastga yiqilgan vaqtida uning boshiga yogʻoch bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Ammo koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay B.X shu yerda vafot etgan. Uning ayoli Z.Q ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala