Jamiyat

TIV xorijdagi fuqarolar murojaati uchun qulaylik yaratmoqda

© SputnikPosolstvo Uzbekistana v RF
Posolstvo Uzbekistana v RF - Sputnik Oʻzbekiston
E-Navbat - elektron navbat xizmati fuqarolar kerakli mutaxassis qabuliga oldindan yozilishlari mumkin boʻladi.

 

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi xorijda yashayotgan fuqarolari Oʻzbekistonning diplomatik missiyalariga murojaat qilishlari uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratmoqda, deyilgan vazirlik saytida.

Xususan, diplomatik vakolatxonalarning internet sahifalarida E-Navbat —  elektron navbat xizmati yoʻlga qoʻyiladi. E-Navbat orqali fuqarolar kerakli mutaxassis qabuliga oldindan yozilishlari mumkin boʻladi. Tizim dastlab Qozogʻistondagi elchixonada sinovdan oʻtkaziladi.

Shuningdek, vazirlikning consul.mfa.uz  saytida onlayn maslaht berish tizimi ham xizmat koʻrsatayotgani aytib oʻtilgan. Ushbu tizim orqali yanvar oyidan beri 250 kishiga xizmat koʻrsatilgani xabar berilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston TIVi sahifasida bir necha yildan beri xorij fuqarolari Oʻzbekistonga viza olishi uchun E-visa  elektron anketa toʻldirish tizimi ishlab kelmoqda. Bugungi kunda ushbu tizim oʻzbek, rus, ingliz, frantsuz va ispan tillarida xizmat koʻrsatib kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala