Jamiyat

Krishtianu Ronaldu tojikistonlik muxlisiga dastxat berdi

Mehmonxona oldida uni kutib turgan yuzlab muxlislar orasidan Krishtianu Ronaldu aynan tojikistonlik Ruslan Jafoyevga oʻz dastxatini berdi

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Tojikistonlik 20  yoshli futbol ishqibozi Ruslan Jafoyevning orzusi ushaldi: u oʻzi yaxshi koʻrgan futbolchisi — Krishtianu Ronaldo bilan uchrashdi va undan dastxat olishga muvaffaq boʻldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston muxbiri Nilufar Nekkadam. 

Ruslan uzoq vaqtdan beri mashhur futbolchini internet va televideniye orqali kuzatib kelayotgan edi. Ronalduning jamoasi Moskvaga Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etish uchun kelgani va qaysi stadionda mashgʻulot oʻtkazgani haqida barcha nashrlar  xabar bergan edi.

© AFP / VANDERLEI ALMEIDA Krishtianu Ronaldu dayet avtograf, arxivnoye foto
Krishtianu Ronaldu dayet avtograf, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Krishtianu Ronaldu dayet avtograf, arxivnoye foto

"Men Real-Madrid jamoasi 20 iyun kuni mashgʻulotdan keyin Moskvadagi "Monarx" mehmonxonasiga kelishini bilar edim. Men Krishtianuni yaqindan koʻrish uchun oʻsha yerga bordim, lekin bunday boʻlishini hecham kutmagan edim", — dedi Ruslan Sputnik muxbiriga.

Yosh yigit aytishiga qaraganda, mashhur futbolchini mehmonxona oldida 300ga yaqin muxlislar kutib turgan, lekin Ronaldo faqat Ruslanning toʻpiga imzo qoʻygan.

"U yonimdan oʻtayotganida — Krishtianu, deb chaqirdim. U toʻxtab meni oldimga keldi, qoʻlimdagi toʻpga imzo qoʻyib qaytib ketdi. Boshqa muxlislar uni mendan koʻra koʻproq kutishiga qaramasdan u faqat mening toʻpimga imzo qoʻydi. Bu shunchalik tez sodir boʻldiki, hatto u bilan suratga tushishga ulgurmadim", — dey di Ronalduning muxlisi.

Ruslanning oʻzi ham bolaligidan futbol oʻynaydi. Oʻsmirlik yoshida u Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi tarkibida oʻynagan, lekin maktabni tugatib u Rossiyaga koʻchib kelgan va bu yerda elektromonter kasbini egallagan. Hozir qurilishda ishlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala