Dunyoda

Kiberhujumlarga qarshi qiruvchi aviatsiya yordamida zarbalar berilishi mumkin

Kuni kecha Yevropa va Osiyo mamlakatlari hukumat va sanoat kompaniyalarga qarashli kompyuter tizimlari keng miqyosda kiber hujumlar boʻlganligi qayd etildi

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Kuni kecha Yevropa va Osiyo mamlakatlarining hukumat va sanoat korxonalarning kompyuter tizimlari keng koʻlamli Petya virusi yordamida kiber hujumlar qayd etildi, deb xabar qildi RIA novosti.

Dunyoda
Yulgʻich-virus Yevropa va Osiyo kompyuterlariga hujum qilmoqda

Petya nomi boʻlgan bu yangi virusi kompyuterlarni bloklab, operatsion tizimni ishga tushirishga yoʻl qoʻymasligi taʼkidlanmoqda. Tizimni va fayllarni qayta tiklanish uchun 300 dollar miqdoridagi toʻlov talab qilinadi.

Xabarlarga koʻra, Petya shifrli virusi butun dunyo mamlakatlari kompyuterlariga jiddiy ziyon yetkazgan. Jumladan, Buyuk Britaniya, Rossiya, Ukraina, Hindiston hukumat saytlari va 80 ga yaqin neft, telekommunikatsiya va moliya kompaniyalarining kompyuter tizimlariga keng koʻlamli hujum qayd etilgan.

Rossiyaning "Rosneft" kompaniyasi ham ushbu virus hujumga uchradi. Ukraina hukumatining barcha kompyuterlari xakerlik hujumiga uchragan. Bundan tashqari, Ukraina Milliy banki mamlakat moliya muassasalari, shuningdek, qator tijoriy va davlat sektori korxonalariga nomaʼlum virus orqali tashqi xakerlik hujumi uyushtirildi. Keng koʻlamli kiberhujum Kiyev metropoliteni, "Kiyevenergo" va "Ukrenergo" hamda boshqa korxonalarga kiber hujum qayd etilgan.

Hindistonning Mumbay shahridagi Javaharlal Neru nomidagi eng yirik konteyner porti faoliyatida kiberhujumidan soʻng nosozlik roʻy berdi. Hujum natijasida portning uchta konteyner terminalidan biridagi yuk oqimini kompyuter orqali boshqarish tizimi ishdan chiqdi.

Jamiyat
Oʻzbekiston davlat xizmatchilari kiberxavfsizlik boʻyicha saboq olishdi

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya parlamenti kompyuter tizimi ham xakerlik hujumga uchragan. Kiberjinoyatchilar parlament serveridagi yaxshi himoyalanmagan pochta manzillarini buzib ishdan chiqarishga erishdilar. 

London NATOni ushbu xakerlik hujumlarini oddiy harbiy hujumlarga tenglashtirishga undamoqda.

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon, ushbu xakerlik hujumlarga qarshi aviatsiya yordamida havo zarbalarini berishga tayyorligini maʼlum qildi. Shuningdek, internet orqali kiber hujumlar yuborilgan mamlakatlarga "osmondan, quruqlikdan, dengizdan va kiber maydondan" zarba berilishi mumkinligi taʼkidlandi.

Buyuk Britaniya oʻzining kiber qurollar zahirasiga ega. Ushbu qurollar Suriya va Iroqda "Islom davlati" jangarilariga qarshi keng qoʻllanilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala