Dunyoda

Ostona Ekspo-2017: dunyoni kim nima bilan hayratga solmoqda?

© Davronbek Tojialiyev / ziyouz.uzOstonada boʻlib oʻtayotgan "EKSPO-2017" xalqaro koʻrgazmasi
Ostonada boʻlib oʻtayotgan EKSPO-2017 xalqaro koʻrgazmasi - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻistonda boʻlib oʻtayotgan "Expo 2017" ishtirok etayotgan davlatlar muxlislarni qanday chorlayotganini bilasizmi? Millionlab odamlarni goʻzalligi bilan maftun qilgan majmuani qurishga qancha sarflanganini-chi? Ostonada safarda boʻlib qaytgan jurnalist Davron Tojialiyev tomonidan tayyorlangan reportaj orqali shu va boshqa qiziqarli maʼlumotlarni bilib olasiz

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Ostona shahrida boʻlib oʻtayotgan "Expo 2017" butunjahon koʻrgazmasida 120 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda. Bu yilgi xalqaro koʻrgazma kelajak energiyalariga bagʻishlangan. Koʻrgazma 10 sentyabrga qadar davom etadi, deb xabar qildi Ostona shahrida safarda boʻlib qaytgan ziyouz portali rahbari Davron Tojialiyev.

Davronbek Tojialiyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbek jurnalisti Qozogʻistonda medal bilan taqdirlandi
"47 160 kv.m. hududni egallagan maydonda har bir davlatning pavilonini aylanib chiqishga bir kun yetmaydi. Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Rossiya, Pokiston, Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Yaponiya, Frantsiya, Gruziya, Misr pavilonlarida boʻldim. Janubiy Koreya, Xitoy, Britaniya, AQSH, BAA, Germaniya davlatlari pavilonida navbat uzunligi uchun kirolmadim. Eng katta navbat markaziy pavilon — katta shar tarzidagi 8 qavatli binoga kirish uchundir (Qozogʻiston paviloni ham shu binoda joylashgan). Qayerda katta navbat boʻlsa, demak oʻsha yerda qiziqarli nimadir bor", — deya oʻz taassurotlari bilan boʻlishgan Tojialiyev.

Pavilonlar dizayni, eksponatlarni qay tarzda joylashni davlatlarning oʻzlari hal qilgan. Katta zalning u yer-bu yeriga eksponatlarni tashlab qoʻyganlar ham bor. Menga labirint shaklidagi, bir joydan kirib, ikkinchisidan chiqadigan pavilonlar yoqdi. Bu holatda tomoshabin har bir eksponat bilan tanishib chiqishga majbur boʻladi. Bu borada Rossiya, Turkiya, Frantsiya pavilonlari dizayni professional chiqqan, deydi Davron.

Ushbu majmuani qurishga 1.5 mlrd $ (rasman, norasmiy 3 mlrd $) sarflangan.

© Press-slujba Prezidenta RF / Fotobankka oʻtish9 iyunya 2017. Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na otkrыtii mejdunarodnoy spetsializirovannoy vыstavki "Astana EKSPO 2017".
9 iyunya 2017. Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na otkrыtii mejdunarodnoy spetsializirovannoy vыstavki Astana EKSPO 2017. - Sputnik Oʻzbekiston
9 iyunya 2017. Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na otkrыtii mejdunarodnoy spetsializirovannoy vыstavki "Astana EKSPO 2017".

Kim qanday chaqirmoqda?

Vaqt kam. Hamma eng yaxshilarni koʻrgisi keladi. Aslida eng yaxshi reklama — koʻrganlarning tavsiyalari. Unaqa reklama boʻlmasa-chi? Muxlislarni qanday chorlash kerak?

Qozoq yoshlarida arablar va afrikaliklarga qiziqish katta ekan. Bu geografiyaga mansub davlatlar pavilonlarida tirik manikenlar — milliy kiyimdagi yigitlar (ayollarni koʻrmadim) hamma bilan rasmga tushishmoqda. Hindiston, Pokiston va Afrika davlatlari baland musiqa va qoʻshiqlari bilan muxlis chaqirmoqdalar. Hindiston pavilonida esdaliklar bozori qaynamoqda. Rossiya, Frantsiya, Yaponiya kabi davlatlar asosiy eʼtiborni tarix, shu davlatning ilm-fanga qoʻshgan hissasi va asosiysi, kuch-quvvatini namoyish etishga qaratgan. Baʼzi davlatlar asl mavzu qolib, turizm va hunarmandlikka asosiy eʼtiborni qaratgan. Saudiya Arabistoni pavilonida namozxona ham bor.

Rossiya paviloni. Rossiyaliklar asosiy eʼtiborni global isish va Arktikaga qaratganlar. Hatto Arktikadan ulkan muz parchasini olib kelib, uning erishini namoyish etmoqdalar.

© Davronbek Tojialiyev / ziyouz.uzRossiya paviloni. Rossiyaliklar asosiy eʼtiborni global isish va Arktikaga qaratganlar. Hatto Arktikadan ulkan muz parchasini olib kelib, uning erishini namoyish etmoqdalar
Rossiya paviloni. Rossiyaliklar asosiy eʼtiborni global isish va Arktikaga qaratganlar. Hatto Arktikadan ulkan muz parchasini olib kelib, uning erishini namoyish etmoqdalar - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya paviloni. Rossiyaliklar asosiy eʼtiborni global isish va Arktikaga qaratganlar. Hatto Arktikadan ulkan muz parchasini olib kelib, uning erishini namoyish etmoqdalar

Podshosini judayam yaxshi koʻradiganlarni koʻrmoqchi boʻlsangiz Turkmaniston va Saudiya Arabistoni pavilonlariga tashrif buyuring, taʼkidlagan muallif.

Ulkan shar ichidagi asosiy pavilon

Asosiy pavilon — "Nur olam"ga kirishda uzun navbat mavjud. Hammani birdaniga kiritishmayapti. Har uch minutda 40-50 kishini kiritishmoqda. "Ekspo-2017"ning ramziga aylangan ushbu bino 80 metr diametr va 100 balandligi bilan dunyodagi eng katta sferik inshootdir.

© Davronbek Tojialiyev / ziyouz.uzShamol energiyasi taʼsirida havoda muallaq harakatlanayotgan mato
Shamol energiyasi taʼsirida havoda muallaq harakatlanayotgan mato - Sputnik Oʻzbekiston
Shamol energiyasi taʼsirida havoda muallaq harakatlanayotgan mato

Pavilonning birinchi qavatida asosan Qozogʻiston respublikasi taqdim etgan loyihalar oʻrin olgan. Binoning eng yuqori qismiga koʻtarilishga — lift oldida ham turnaqator navbat. Yarim soatlar navbatda qolib ketdim. Ulkan sharning har bir qavati kelajak energiyalari sohalariga bagʻishlangan.

8-qavat "Kelajakdagi Ostona" deb nomlangan. Liftdan chiqishingiz bilan sizni oynali pol tomon yoʻnaltirishadi. Qariyb yuz metr balandlikdan shaffof oyna orqali pastdagi barcha pavilonlar koʻrinadi. Balandlikdan qoʻrqadiganlarga tavsiya qilinmaydi. Bu boʻlimda Qozogʻiston poytaxtida kelajakda qilinishi rejalashtirilgan ulkan texnologik loyihalar bayon qilingan.

Kelajakdagi Ostona

2-7-qavatlarda kelajak energiyasi muzeyi joylashgan boʻlib, har bir qavat maxsus sohalarga bagʻishlangan: kosmos energiyasi, Quyosh energiyasi, shamol energiyasi, biomassa energiyasi, kinetik energiya, suv energiyasi. Har bir soha boʻyicha interaktiv koʻrgazmalar tashkil etilgan: kosmos energiyasi boʻlimida sayyoralar, oyu yulduzlar xonalari, kosmos muzeyi, bolalar uchun interaktiv oʻyinlar tashkil etilgan. Quyosh energiyasi boʻlimida ulkan quyosh tasviridagi muzey boʻlib, uning ichida quyosh energiyasi bilan bogʻliq media maʼlumotlar taqdim etilgan. Shamol energiyasi boʻlimida sunʼiy shamollar tashkillangan. Hatto uragan ham bor.

Shamol energiyasi taʼsirida havoda muallaq harakatlanayotgan mato

Biomassa energiyasi boʻlimining pollari ostiga dunyodagi oʻsimlik urugʻlarini joylab, ustidan shaffof oyna qoplashgan. Tirik organizmlardan energiya olish jarayoni jonli namoyish etilmoqda. Suv energiyasi boʻlimida bolalar uchun suv inshootlari barpo qilingan. Bolalar maxsus damba, charxpalak va boshqa gidrotexnik qurilmalar maketlarini oʻzlari boshqarishadi.

© Davronbek Tojialiyev / ziyouz.uzBiomassa boʻlimidagi urugʻli pollar
Biomassa boʻlimidagi urugʻli pollar - Sputnik Oʻzbekiston
Biomassa boʻlimidagi urugʻli pollar

Koʻngil ochmoqchimisiz?

"Ostona Ekspo-2017" majmuasida koʻrgazma pavilonlaridan tashqari amfiteatr (6000 kishiga moʻljallangan ochiq kontsert maydonida har kuni dunyo va qozoq sanʼati yulduzlari kontsert qoʻyishadi), milliy kunlar sahnasi (har bir ishtirok etuvchi davlat uchun alohida milliy kun belgilangan boʻlib, shu davlat kun davomida oʻz madaniyati va sanʼatini namoyish etadi), dyu Soley tsirki (dunyoga mashhur dyu Soley tsirki shoulari namoyish etiladi), Art-markaz (zamonaviy sanʼat koʻrgazmalari, konferentsiyalar, taʼlim va madaniyat sohasida maʼruzalar, kino namoyishlari oʻtkaziladi), bolalar uchun koʻngilochar park (ijodiy master-klasslar, raqamli koʻngilochar oʻyinlar, akvagrim, kimyoviy shoular) mavjud.

Ostona shahri markazida "Ekspo"da ishtirok etayotgan davlatlar va xalqaro tashkilotlar ramzlari ifodalangan haykallar koʻrgazmasi ham tashkil etilgan.

© Davronbek Tojialiyev / ziyouz.uzOʻzbekiston ramzini ifodalagan haykal
Oʻzbekiston ramzini ifodalagan haykal - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston ramzini ifodalagan haykal

"Ekspo"da sayr etish arzon emas

"Ostona Ekspo-2017"ga kirish pulli. Ish kunlarida bir martalik maʼlum sana uchun kirish bileti 4000 tenge (12.4 $), dam olish kunlari uchun 6000 tenge (18.6 $), ish kunlarida ochiq sana bilan bir martalik bilet 6000 tenge, dam olish kunlari uchun 8000 tenge (24.8 $), butun mavsum davomida xohlagan paytda kirish abonementi 50000 tenge (155 $). Nogironlar, 2-jahon urushi qatnashchilari, yetim bolalar, 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga kirish tekin. Oʻquvchilar, talabalar, pentsionerlar, koʻp farzandli onalar biletni yarim narx bilan oladilar.

© Davronbek Tojialiyev / ziyouz.uz“Astana Ekspo-2017”: Oʻzbekiston paviloni
“Astana Ekspo-2017”: Oʻzbekiston paviloni - Sputnik Oʻzbekiston
“Astana Ekspo-2017”: Oʻzbekiston paviloni

"Ostona Ekspo-2017": Oʻzbekiston pavilonida nimalar bor?

"Ostona Ekspo-2017" majmuasiga kirishim bilan Oʻzbekiston pavilonini qidirdim. Asosiy kirish qismining boshida ekan. Koʻzga, dilga yaqin bayrogʻimizni koʻrib, shaxdam qadam bilan olgʻa intildim. Ushbu xalqaro koʻrgazmaning mavzusi kelajak energiyalariga qaratilgan boʻlsa-da, asosiy maqsad mamlakatning imkoniyatlarini namoyish etishdir. Pavilonga kiraverish devorlariga ulkan ekran oʻrnatilgan boʻlib, unda Vatanimiz tabiati, neʼmatlari, tarixiy obidalari, energiya manbalari rasmlari namoyish etilmoqda.

© Davronbek Tojialiyev / ziyouz.uz“Astana Ekspo-2017”: Oʻzbekiston paviloni
“Astana Ekspo-2017”: Oʻzbekiston paviloni - Sputnik Oʻzbekiston
“Astana Ekspo-2017”: Oʻzbekiston paviloni

Tashqariga «Ravon R4 on Biofuel» markali avtomobilimiz qoʻyilgan. Bioyonilgʻi va gazolin bilan ishlaydigan ushbu avtomobil 4 tsilindrli, 105/112 ot kuchiga ega, 170/181 km/soat tezlikda harakatlanadi, shahar ichida har 100 kilometrga 8,4 litr, shahar tashqarisida 5,3 litr bioyonilgʻi sarflaydi.

© Davronbek Tojialiyev / ziyouz.uzOʻzbekiston asosiy paviloni
Oʻzbekiston asosiy paviloni - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston asosiy paviloni

Oʻzbekiston asosiy paviloni dizayni futurologik filmlardagi samoviy kemalarni eslatadi. Mutaxassislarning atishicha, Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng innovatsion pavilon Oʻzbekistonnikidir.

© SputnikPavilon Respubliki Uzbekistan na mejdunarodnoy vыstavke "Ekspo -2017"
Pavilon Respubliki Uzbekistan na mejdunarodnoy vыstavke Ekspo -2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Pavilon Respubliki Uzbekistan na mejdunarodnoy vыstavke "Ekspo -2017"

 

Pavilon markaziga Turin politexnika universiteti Toshkent filiali talabalari loyihalashtirgan quyosh energiyasidan zaryad oluvchi elektromobil maketi joylangan. 2 kishini sigʻdiruvchi ushbu avtomobil 2 ta kichik motor bilan ishlaydi. Avtomobil kuzoviga quyosh batareyalari oʻrnatiladi. Akkumulyatorlarni elektr tarmogʻi orqali toʻliq zaryadlashga 4 soat, quyosh batareyasi orqali 8 soat ketadi. 50 km/soat soatgacha harakatlanuvchi ushbu avtomobil akkumulyatori zaryadi 100 km masofani bosib oʻtishga yetadi.

Namoyishga gidrogen sistemada ishlovchi ekologik "Matiz" avtomobili va ekologik toza, ovozsiz elektrokarting, ekokapsula (sayyohlar uchun quyosh nuridan zaryadlanuvchi), vodorodli svarka apparati ham qoʻyilgan.

© Davronbek Tojialiyev / ziyouz.uzToshkentlik talabalar yasagan robot
Toshkentlik talabalar yasagan robot - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentlik talabalar yasagan robot

Toshkentlik talabalar yasagan turli robot qurilmalari koʻpchilikda katta taassurot uygʻotmoqda. Kubik-rubik yigʻuvchi, sumochi «Lego-konstruktor», «TECHNOROBOT» robot-konstruktorlari, turli interaktiv ekskursiyalarga moʻljallangan «Robot-gid» va futbol oʻynovchi robotlarga yoshlarga qiziqish bildirmoqda.

© Davronbek Tojialiyev / ziyouz.uzOʻzbekiston paviloni. 2-qavat
Oʻzbekiston paviloni. 2-qavat - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston paviloni. 2-qavat

Pavilonning ikkinchi qavatida oʻzbekistonlik hunarmandlar ishlaridan namunalar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, milliy pazandachilik neʼmatlari, Oʻzbekistonning turizm imkoniyatlari namoyish etilgan.

"Ostana Ekspo-2017" doirasida Oʻzbekiston kuni 5 sentyabr kuni oʻtkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala