O‘zbekiston havo yo‘llari Chexiyadagi kurort shaharlarga qatnovni yo‘lga qo‘ydi

© Commons.wikimedia"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi samolyoti
O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi 25-iyundan Chexiyaning Karlov Var o‘lkasiga charter reyslarni amalga oshirishni boshladi

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Joriy yilning 25-iyun sanasidan "O‘zbekiston Havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Chexiya Respublikasining kuror shahri — Karlov Varga charter reyslarni amalga oshirishni boshladi, deb xabar qildi aviakompaniya matbuot-xizmati.

Xabarda ta’kidlanishicha, o‘zbek sayyohlari orasida Karlov var o‘lkasida dam olish va sog‘likni tiklashga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilgan.

Reyslar ikki haftada bir marta — har jihatdan qulay A320 laynerlarida amalga oshirilishi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0