Tez tibbiy yordam brigadalarining kechikishi oldi olinmoqda

© Minzdrav UzbekistanaSotrudniki skoroy meditsinskoy pomoshi
Sotrudniki skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endi dispetcherlarning kasbiy mahorati va malakasini mustahkamlash uchun ular qayta o‘qitiladi

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam berish, eng kerakli tibbiy muolajalarni bajarish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov - Sputnik O‘zbekiston
Sog‘liqni saqlash vaziri: tibbiy ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda

Joriy yil 22-iyun kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan "Shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimi: dolzarb masalalar va istiqboldagi rejalar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Shoshilinch tibbiy yordam tizimida yiliga 600 ming nafardan ziyod bemorga yuqori malakali statsionar va 1 million nafardan ortiq bemorga ambulator yordam hamda 7 milliondan ziyod chaqiriqlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilmoqda.

Tez tibbiy yordam xizmatining bitta maxsus brigadasida 41 nomdagi, umumtarmoq brigadasida esa 36 nomdagi dori vositalari bilan ta’minlandi.

Shoshilinch holatlarda tibbiy yordam brigadasi ishini tashkillashtiruvchi asosiy bo‘g‘in — tez yordam xizmati dispetcherlari qayta o‘qitilib, ularga nisbatan talablar ham oshirildi.

Endi dispetcherlarning kasbiy mahorati va malakasini mustahkamlash uchun ular qayta o‘qitiladi. Chunki bugungi kun dispetcherining vazifasi faqat murojaatni yozib olib, uni kerakli mutaxassisga yetkazish emas, zarur holatda u murojaat qiluvchiga tez tibbiy yordam brigadalari yetib borguniga qadar ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan birinchi tibbiy yordam bo‘yicha maslahatlar bera olishi ham kerak. 

Shuningdek yil oxirigacha 1200 ta tez tibbiy yordamga ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi sotib olinishi rejalashtirilgan bo‘lsa, shu kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan 200 ga yaqin tez tibbiy yordam avtomashinalari xarid qilinib, ehtiyoj baland bo‘lgan hududlarga yetkazib berildi.

O‘zbekistonda oliy tibbiy ta’lim tizimi isloh qilinadi

Tibbiy xizmatning tezkorligini ta’minlash va shu orqali shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga tushayotgan yuklamalarni yengillashtirish maqsadida yaqinda Toshkent shahridagi jami 60 ta shahar oilaviy poliklinikalarning har biriga ikkitadan, jami 120 dona "Damas" rusumli avtomashinalar topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining joriy yil 16-mart kuni imzolangan "Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni va "Shoshilinch tibbiy yordamning faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori imzolangan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0