Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi qadimiy usulda taʼmirlanadi

© PixabayHujjatlarni imzolash
Hujjatlarni imzolash - Sputnik Oʻzbekiston
Uvays al-Qaraniy Islom olamida Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) gʻoyibona oshiq boʻlganlarning sardori sifatida mashhur

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi qadimiy uslubda taʼmirlanadi, bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Namanganga safari chogʻida maʼlum qilindi.

Mirziyoyev viloyatlarga safarlari chogʻida har bir hududning tarixini oʻrganishga, maʼnaviy merosini tiklashga alohida eʼtibor qaratmoqda. Muborak qadamjolarni ziyorat qilib, ularni obod qilish boʻyicha koʻrsatmalar bermoqda, deb xabar qiladi "Jahon" AA.

Namanganga safari davomida Oʻzbekiston prezidenti Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohini rekonstruktsiya qilish loyihasi bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi
Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi – Namangandagi ana shunday maskanlardan biri. Qadamjo maqbara, masjid, ramziy darvoza va muzeydan iborat.

Mirziyoyev bu qadamjoni qadimiy usulda taʼmirlash, keng va obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, bu maskanda kutubxona tashkil etish, yosh avlodni yuksak maʼnaviyatli insonlar etib tarbiyalash boʻyicha tavsiyalar berdi.

Qadriyat uz nashriga koʻra, Uvays al-Qaraniy Islom olamida Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) gʻoyibona oshiq boʻlganlarning sardori sifatida mashhur bu zot "Abu Amr" kunyasi bilan tanilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala