Jamiyat

GM Uzbekistan rahbariyatiga berilmay qolgan savollar...

© GM UzbekistanGM Uzbekistan press-tur
GM Uzbekistan press-tur - Sputnik Oʻzbekiston
GM Uzbekistan rahbariyatining jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan muloqoti Facebookda qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. Ushbu muhokamalarda koʻtarilgan eng dolzarb savollarni quyida keltiramiz.

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Oʻtgan hafta oxirida GM Uzbekistan jurnalistlar uchun press-tur tashkil qilgan edi.  Undan kompaniya oʻzbekistonlik jurnalistlarni  Asakadagi zavodga taklif qilib ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishtirgan, shuningdek kompanya rahbariyati muxbirlarni qiziqtirgan savollarga javob bergan edi.

© GM UzbekistanGM Uzbekistan press-tur
GM Uzbekistan press-tur - Sputnik Oʻzbekiston
GM Uzbekistan press-tur
GM Uzbekistan  tomonidan tashkil qilingan ushbu press-tur haqidagi xabar kompaniyaning Facebookdagi  rasmiy saytida eʼlon qilinganidan keyin tarmoq foydalanuvchilarining keng muhokamasiga sabab boʻldi.

Aksariyat foydalanuvchilar zavod tomonidan amalga oshirilgan ushbu tadbirni qoʻllab-quvvatlashgan. Koʻpchilik kompaniya tarixida oldin bunday "ochiqlik" boʻlmaganini taʼkidlashgan.

© GM UzbekistanGM Uzbekistan press-tur
GM Uzbekistan press-tur - Sputnik Oʻzbekiston
GM Uzbekistan press-tur
Shuningdek, kompaniya rahbariyati va jurnalistlar orasida boʻlib oʻtgan savol-javoblardan soʻng foydalanuvchilarda bir necha qoʻshimcha savollar paydo boʻlgan.

Xususan, GM Uzbekistan vakili chet elda sotilmay qolgan yoki ayrim sabablarga koʻra orqaga qaytarilgan avtomobillar Oʻzbekiston bozorida sotilishi haqidagi xabarlarni rad etgan edi.

Bunga javoban, Facebook foydalanuvchilari salonda ularga aynan shunday avtomobillar sotilganligini aytib oʻtishgan. "Aks holda avtomobil oʻrindiq isitgichlar bilan jihozlanganini yoki 2016 yilda sotib olingan mashina 2013 yilda ishlab chiqarilganini qanday tushunish mumkin?", — deb izoh qoldirishgan ular.

GM Uzbekistan avtomobillari - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Kurs oʻssa ham, narx oʻsmaydi": GM Uzbekistan rasmiy bayonot berdi

Zavod rahbariyati chet elda sotilayotgan avtomobillar narxi ichki bozordagidan arzon emasligini taʼkidlashgan edi.

Bunga javoban Feysbuk foydalanuvchilari, Rossiya avtosalonida 10 ming dollarga sotilishga tayyor turgan Ravon Gentra avtomobiliga ishora qilib, "nega bizda shu mashinani shu narxda sotib olishning iloji yoʻq" deya savol berishgan. Ushbu savol aksariyat foydalanuvchilar tomonidan "toʻgʻri va dolzarb savol", deb topilgan.

Dunyo tajribasiga nazar solsak, mahsulot oʻzi ishlab chiqarilayotgan mamlakatda eksport qilinayotgan mamlakatdan koʻra arzonroq boʻlishi kerak. Chunki eksportchi kompaniya yoʻl xarajatlari, bojxona toʻlovlari, sertifikatsiya, NDS va utilizatsiya toʻlovlarini toʻlashi kerak.

Shu oʻrinda oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi, nega Oʻzbekistonda GM Uzbekistan avtomobillari narxi Rossiya bilan bir xil (yoki qimmatroq) boʻlishi kerak? Axir Rossiyada sotilayotgan har bir avtomobil uchun 150-200 ming rubl qoʻshimcha xarajat qilish kerak-ku?

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala