O‘zbekistonlik gandbolchilar Jahon kubogini qo‘lga kiritishdi

© FotoliaMach dlya gandbola
Mach dlya gandbola - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Finalga qadar o‘zbekistonlik sportchilar Daniya (17:11), Germaniya (23:17), Italiya (28:22) va Turkiya (22:11) terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratishdi

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Italiyada bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda SPORTS.uz portali.

Xabarda aytilishicha, 31 mamlakat terma jamoalari qatnashgan ushbu musobaqada o‘zbekistonlik gandbolchilar Jahon kubogini qo‘lga kiritishdi.

© Sports.uzO‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon kubogini qo‘lga kiritdi
Sbornaya Uzbekistana po gandbolu zavoyevala Kubok mira - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon kubogini qo‘lga kiritdi

Finalga qadar o‘zbekistonlik sportchilar Daniya (17:11), Germaniya (23:17), Italiya (28:22) va Turkiya (22:11) terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratishdi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, finalda eng ko‘p ochko to‘plagan jamoalar kuch sinashishi lozim edi. O‘zbekistonlik sportchilarga yana Germaniya terma jamoasi to‘qnash keldi. Finalda O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyani 28:24 hisobida mag‘lub etdi. Daniya terma jamoasi uchinchi o‘rinni oldi.

Yangiliklar lentasi
0