Jamiyat

Oʻzbekistonga Jahon bankining mintaqaviy direktori tashrif buyurdi

© Sputnik / StringerShtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone
Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Tashqi ishlar vazirligida boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Jahon banki guruhi oʻrtasidagi sherikchilik istiqbollari muhokama qilindi

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchukni qabul qildi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Jahon banki Oʻzbekistonga 295 mln dollar kredit ajratadi

Xabarda aytilishicha, Liliya Burunchuk ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish uchun nufuzli delegatsiya rahbari sifatida Toshkent shahriga keldi.

TIVda boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Jahon banki guruhi oʻrtasidagi sherikchilik istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot davomida 2017-2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Bu Liliya Burunchukning Oʻzbekistonga shu yilning oʻzidagi toʻrtinchi tashrifidir. Avvalroq Jahon banki delegatsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan tanishish maqsadida Orolboʻyiga tashrif buyurgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala