Hodisalar

Toshkentda onaning eʼtiborsizligi oqibatida ikki goʻdak vafot etdi

© pixabayDver s klyuchami
Dver s klyuchami - Sputnik Oʻzbekiston
10 iyul kuni ayol farzandlarini uyda qarovsiz qoldirib ketgani sababli uning ikki qizi hayotdan koʻz yumdi

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Bu haqda poytaxt IIBB boshligʻi oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev maʼlum qildi, deb xabar berdi Uznews.uz.

Surishtiruv jarayonida maʼlum boʻlishicha, Chilonzor tumanida yashovchi ayol jazirama havoga qaramasdan, uch nafar farzandini xonadonda qarovsiz qoldirib eshikni qulflab chiqib ketgan.

Oqibatda uning 3 va 5 yoshli qizlari tez yordam kelguniga qadar vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) 3-qismi A bandi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala