Toshkentda 7000 dollarni o‘zlashtirishni mo‘ljallagan firibgar ushlandi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi E.Mning ishonchiga kiradi va unga "Lasetti" avtomashinasini olib berishni va’da qilib, 7000 AQSh dollarini olib ketadi

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi H.A oldin sudlangan bo‘lishiga qaramay Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yana firibgarlik yo‘lini davom ettiradi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Avtomobillar - Sputnik O‘zbekiston
IIBB: firibgarlar odamlarga "Orlando" va’da qilishga o‘tdi

U Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi E.Mning ishonchiga kiradi va unga "Lasetti" avtomashinasini olib berishni va’da qilib, 7000 AQSh dollarini olib ketadi.

Jabrlanuvchining o‘z vaqtida ichki ishlar organlariga murojaat qilgani natijasida H.A tezda ushlandi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0