Siyosat

Jizzaxda Sharof Rashidov byusti ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

© Sputnik / Penson / Fotobankka oʻtishSH.R.Rashidov
SH.R.Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni paytda Sharof Rashidov hayoti bilan bogʻliq arxiv hujjatlari va fotoarxivlarini oʻrganish, tarixiy xujjatlar va fotolavhalar asosida "Murakkab davrning matonatli shaxsi" nomli fotokoʻrgazmani tashkil etish ishlari olib borilmoqda

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Jizzaxdagi Sharof Rashidov tumani hokimligi binosi oldida Sharof Rashidov byustining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Jizzax viloyat hokimligi.

Babrak Karmal, Sharaf Rashidovich Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanadi
Davlat va jamoat arbobi, yozuvchi, adib Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan  "Xalqimizning otash qalb farzandi" mavzusidagi tadbir viloyat va tuman hokimligi, "Nuroniy" jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, viloyat Maʼnaviyat — targʻibot markazi va bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan.

Tadbirda shuningdek, viloyat hokimi Ulugʻbek Uzoqov hamda Sharof Rashidovning katta farzandi, kimyogar olima, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Sayyora Rashidova hamda uning yaqin qarindoshlari, viloyat va tuman jamoatchiligi vakillari ishtirok etgan.

© Sputnik / A. Vorotыnskiy / Fotobankka oʻtishOʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Misr prezidenti Gamal Abdul Nosir va Oʻzbekiston SSR Oliy kengashi prezidiumi raisi Sharof Rashidov Toshkentdagi aerodromda saf tortib turgan faxriy qorovul yonidan oʻtishmoqda
Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Misr prezidenti Gamal Abdul Nosir va Oʻzbekiston SSR  Oliy kengashi prezidiumi raisi Sharof Rashidov Toshkentdagi aerodromda saf tortib turgan faxriy qorovul yonidan oʻtishmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Misr prezidenti Gamal Abdul Nosir va Oʻzbekiston SSR Oliy kengashi prezidiumi raisi Sharof Rashidov Toshkentdagi aerodromda saf tortib turgan faxriy qorovul yonidan oʻtishmoqda

Tadbir avvalida Sharof Rashidov tumani hokimligi binosi oldida tantanali ravishda Sharof Rashidov byustining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir qatnashchilari buyuk adib yodgorligiga oʻzlarining cheksiz hurmatlarini namoyish etdilar va byust poyiga gullar qoʻyishdi.

Shundan soʻng tuman hokimligi katta majlislar zalida Maʼnaviyat targʻibot markazi tashabbusi bilan qator taniqli yozuvchi ijodkorlar ishtirokida ilmiy amaliy konferentsiya boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari Sharof Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Jizzax tumani Sharof Rashidov nomi bilan ataladi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 27 martda "Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida"gi qarorni imzolagan edi.

Ushbu qarorga asosan taniqli davlat va jamoat arbobining 100 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlanadi. Uning nomini abadiylashtirish yuzasidan respublikada, shu bilan birga Jizzax viloyatida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan Mirziyoyev qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyat hokimligi tomonidan maxsus chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Unga koʻra Sharof Rashidov xotirasini abadiylashtirish boʻyicha juda katta tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan boʻlib, Jizzax shahrida Sharof Rashidov xotirasiga bagʼishlangan yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.

Sharof Rashidov hayoti va ijodiy faoliyati bilan xalqimiz ayniqsa yosh avlodni yaqindan tanishtirish maqsadida uning memorial uy muzeyi qaytadan taʼmirlanmoqda.

SH.Rashidov sharafiga Jizzax shahri markazida haykal va ijod bogʻi barpo etilmoqda. Adib tugʻilib oʻsgan Jizzax tumaniga uning nomi berilgan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Surxandarinskuyu oblast - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident rejalar ijrosi bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga keldi
Ayni paytda Sharof Rashidov hayoti bilan bogʻiq arxiv hujjatlari va fotoarxivlarini oʻrganish, tarixiy xujjatlar va fotolavhalar asosida "Murakkab davrning matonatli shaxsi" nomli fotokoʻrgazmani tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyatidagi barcha taʼlim muassasalarda, mahalla, korxona va tashkilotlarda Sharof Rashidovning hayot yoʻli, boy ijod namunasi asosida "Sharof Rashidovning Oʻzbekiston tarixida tutgan oʻrni", "Sharof Rashidov — murakkab va mashaqqatli davrning buyuk farzandi" mavzularida "Xotira soati" hamda Sharof Rashidov bilan bir davrda yashagan va uning faoliyatini yaqindan bilgan keksalar, madaniyat va sanʼat namoyondalari olim va ziyolilar hamda shoir — yozuvchilar ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda.

© Sputnik / Vasiliy Malыshev / Fotobankka oʻtishKuba inqilobi yetakchisi, Kuba KP Birinchi kotibi Fidel Kastroning SSSRga tashrifi, aprel-iyun oylari 1963 yil. Fidel Kastro va Oʻzbekiston SSR Birinchi kotibi Sharof Rashidov Toshkent aholisini qarshi olishmoqda.
Kuba inqilobi yetakchisi, Kuba KP Birinchi kotibi Fidel Kastroning SSSRga tashrifi, aprel-iyun oylari 1963 yil. Fidel Kastro va Oʻzbekiston SSR Birinchi kotibi Sharof Rashidov Toshkent aholisini qarshi olishmoqda. - Sputnik Oʻzbekiston
Kuba inqilobi yetakchisi, Kuba KP Birinchi kotibi Fidel Kastroning SSSRga tashrifi, aprel-iyun oylari 1963 yil. Fidel Kastro va Oʻzbekiston SSR Birinchi kotibi Sharof Rashidov Toshkent aholisini qarshi olishmoqda.

Viloyat musiqali drama teatrida Sharof Rashidovning "Kashmir qoʻshigʻi" asarini sahnalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala