Sport

Gulruhbegim Tohirjonova xalqaro shaxmat musobaqasida 1-oʻrinni oldi

© uz.24Shaxmatistka Gulruxbegim Toxirjonova
Shaxmatistka Gulruxbegim Toxirjonova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻn mamlakatdan kelgan 136 shaxmatchi 11 turdan iborat shveytsarcha tizimda bahslashishdi

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova "Astana Open-2017" xalqaro blits-turnirida ayollar oʻrtasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati.

Sport
Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchi 2017 Australian Open Championship gʻolibi boʻldi

Qozogʻistonning Ostona shahrida shaxmat boʻyicha "Astana Open-2017" xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.

Oʻn mamlakatdan kelgan 136 shaxmatchi 11 turdan iborat shveytsarcha tizimda bahslashishdi. Unda ayollar oʻrtasida birinchi oʻrinni oʻzbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova qoʻlga kiritdi.

Blits turnirida shuningdek, xalqaro toifadagi usta Shamsiddin Vohidov ham ishtirok etdi. Toshkentlik shaxmatchi 6,5 ochko toʻpladi va reytingiga qoʻshimcha ball oldi.

Federatsiyaning bildirishicha, shaxmat turniri 29 iyulga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0