O‘zbekistonlik uch talaba BMT Bosh Assambleyasida so‘zga chiqdi

Obuna bo‘lish
BMT tomonidan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Ko‘p til – bir olam" insholar tanlovida o‘zbekistonlik uch nafar talaba g‘olib bo‘ldi va Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi zalida so‘zga chiqdi

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. BMT tomonidan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Ko‘p til – bir olam" insholar tanlovida o‘zbekistonlik uch nafar talaba g‘olib chiqdi. Bu haqda BMT axborot xizmati xabar bermoqda.

Uzbekskiy student pisal uchebnik uzbekskogo yazika dlya koreysev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik talaba Koreyada o‘zbek tili darsligini nashr ettirdi

O‘zbekistonlik talabalar Nargiza Muxtorova, Sohib Saidov va Nigina Fayzullo qizi rus tilidagi insholar tanlovida g‘oliblar orasidan joy egallashdi.

Tanlovning birinchi bosqichida dunyoning 170 ta mamlakatidan 6 mingdan ortiq talaba qatnashdi. Ular o‘z insholarini BMTning rasmiy tillari – ingliz, arab, fransuz, ispan, xitoy va rus tillarida taqdim etishdi.

Har bir til yo‘nalishida 10 tadan — umumiy hisobda 60 nafar g‘olib e’lon qilindi.

Tanlovning barcha g‘oliblari Xalqaro yoshlar forumida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar va Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi zalida so‘zga chiqdilar.

Yangiliklar lentasi
0