"Oʻzbekiston 24" teleradiokanali oʻz efirlarini boshladi

© Sputnik/Viktor TolochkoTelevizor tomosha qilayotgan odam
Televizor tomosha qilayotgan odam - Sputnik Oʻzbekiston
Milliy teleradiokompaniya raisi oʻrinbosari Bobir Alixonovning soʻzlariga koʻra, tomoshabinlarga jurnalistik surishtiruv asosida tayyorlangan tanqidiy va analitik materiallar namoyish etiladi

TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda kunu-tun faoliyat yuritadigan "O‘zbekiston 24" telekanali ishga tushirildi.

"O‘zbekiston 24" butun respublika boʻyicha oʻz faoliyatini oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boradi. Telekanal efirida respublikaning ichki va tashqi siyosatiga doir yangiliklar, reportajlar va boshqa dasturlarni tomosha qilish mumkin boʻladi.

montajnaya komnata televizionnogo kompleksa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Oʻzbekiston 24" telekanalini jahonga mashhur media boshlovchilar tabriklaydi
Yangi telekanal rahbariyati xorij davlatlarida ham oʻz muxbirlik punktlarini tashkil etishni rejalashtirgan.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va oʻz bloglaridagi chiqishlari orqali koʻpchilikning eʼtiboriga tushgan blogerlar, internet-jurnalistlar 23 iyul kuni "O‘zbekiston 24" teleradiokanali faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati rahbari Asad Xoʻjayev va Oʻzbekiston MTRK raisining birinchi oʻrinbosari Bobur Alixonovlar 24 iyuldan oʻz faoliyatini boshlaydigan informatsion-tahliliy teleradiokanal va uning imkoniyatlari, rejalar borasida mehmonlarga maʼlumotlar berishdi", — deyiladi telekanal saytida berilgan xabarda.

Prodaja plazmennыx televizorov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston 2018 yil yakunida raqamli teleuzatishga toʻliq oʻtadi
Taʼkidlash kerak, 24 soat davomida muxlislarga yangi va tahliliy axborotlarni yetkazish juda katta mehnat va masʼuliyat talab etadi. Teleradiokanalning ijodiy-texnik jamoasi aʼzolari esa ayni damda efir startiga jiddiy hozirlik koʻrishmoqda.

Blogerlar zamonaviy studiya, efirga uzatish tizimi faoliyati bilan birinchi boʻlib tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Shuningdek, telekoʻrsatuvlarni montaj qilish, Uzbekistan24.uz sayti faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston radiokanalining ijodiy ishlab-chiqarish jarayonlaridan boxabar boʻlishdi.

Eslatib oʻtamiz, "O‘zbekiston 24" teleradiokanali 2017 yilning 24 iyul kuni, soat 10.00 dan efirga uzatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala