O‘zbekistonga qozog‘istonlik tadbirkorlar kelishadi

© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiPervaya vistavka tovaroproizvoditeley goroda Tashkenta proshla na minuvshey nedele v kazaxstanskom Shimkente
Pervaya vistavka tovaroproizvoditeley goroda Tashkenta proshla na minuvshey nedele v kazaxstanskom Shimkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ostona shahrida "KAZAKH INVEST" milliy kompaniyasi va O‘zbekiston tadbirkorlar palatasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan "EKSPO-2017" ko‘rgazmasi doirasida "KAZAKH INVEST" milliy kompaniyasi va O‘zbekiston tadbirkorlar palatasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "KAZAKH INVEST" matbuot xizmati xabar berdi.

Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston delegatsiyasi Jizzax viloyatida bo‘ldi

Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

"KAZAKH INVEST" boshqaruvchi direktori Askar Arinovning aytishicha, Toshkentda 4-6 oktabr kunlari Qozog‘iston savdo missiyasi o‘tkaziladi. Ayni paytda 20dan ortiq qozoq ishlab chiqaruvchilari unda ishtirok etishga qiziqish bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunga qadar KAZAKH INVEST tomonidan 4ta savdo missiyasi o‘tkazilgan bo‘lib, ularda mashinasozlik, qurilish, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat va metallurgiya sohalaridagi 80dan ortiq ishlab chiqaruvchilar ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0