Hodisalar

Toshkent viloyati bojxona xodimi 460 dollar pora bilan qoʻlga olindi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishDengi
Dengi - Sputnik Oʻzbekiston
MXX va Toshkent viloyati prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor operatsiya oʻtkazildi

TOSHKENT, 2 avgust — Sputnik. MXX va Toshkent viloyati prokuratura xodimlaridan iborat maxsus tezkor guruh tomonidan oʻtkazilgan operatsiya natijasida Davlat bojxona qoʻmitasi Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimi Jahongir Omonov pora olayotgan paytda qoʻlga olindi, deb xabar qildi Podrobno.uz.

Hodisalar
Guliston davlat universiteti katta oʻqituvchisi 6 ming $ pora bilan qoʻlga olindi

Oʻzbekistonda bojxona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ichki bozorga sifatsiz va kontrabanda mahsulotlarni olib kirilishini oldini olish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarga chiqishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga keng koʻlamli qulayliklar yaratish, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish maqsadida zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bojxona organlari faoliyatida tatbiq etilmoqda.

Afsuski milliy bojxona tizimidagi ayrim nopok xodimlar tomonidan ishbilarmonlardan, shu jumladan xorijiy tadbirkorlardan noqonuniy ravishda pul talab qilish holatlari davom etmoqda.

Dastlabki olingan maʼlumotlarga koʻra, DBQ Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi bojxona nazoratini tashkil etish boʻlimi katta inspektori Jahongir Omonov avtomobil tashuvchilarini yoʻnalishlarini oʻzgartirish uchun xorijiy transport kompaniyasidan tizimli ravishda 200 dan 500 dollargacha pul mablagʻlarni talab qilib kelgan.

Tezkor xodimlar Omonovni xorijiy tadbirkordan pora tariqasida 460 dollar olayotgan paytda qoʻlga oldilar.

Prokuratura organlari tomonidan Omonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi pora olish boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov doirasida xorijiy avtomobil tashuvchilarining pora evaziga yoʻnalishlarini oʻzgartirilishiga aloqador boʻlgan boshqa bojxona xodimlari ham aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader