Hodisalar

Jizzax politexnika instituti oʻqituvchisi 3,5 ming dollar olayotganida qoʻlga tushdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы raznыx stran
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Uning yonidan fuqarolardan Jizzax politexnika institutiga kiritib qoʻyish uchun qancha miqdorda pul olganligi haqidagi yozuvlar bitilgan bloknot va uyali telefon topildi

TOSHKENT, 4 avgust — Sputnik. Jizzax viloyati Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax politexnika instituti oʻqituvchisi 42 yoshli Berdiyor Qurbonovni 3,5 ming dollar olayotganida qoʻlga olishdi.

U pensionerning oʻgʻlini oʻqishga kiritib qoʻyishda yordam berishini aytib pul soʻragan.

Hodisalar
Guliston davlat universiteti katta oʻqituvchisi 6 ming $ pora bilan qoʻlga olindi

"Qurbonovni qoʻlga olish chogʻida uning yonidan noqonuniy faoliyatini isbotlovchi ashyoviy dalillar topildi. Xususan, uning yonidan fuqarolardan Jizzax politexnika institutiga kiritib qoʻyish uchun qancha miqdorda pul olganligi haqidagi yozuvlar bitilgan bloknot va uyali telefon topildi", — dedi MXX xodimi.

Shuningdek, abituriyentlar va oʻqishga kirishda yordam beruvchi kishilarning ismlari, fotosuratlari, telefon raqamlari va test sinovlari vaqtida B.Qurbonov foydalanishni moʻljallagan boshqa maʼlumotlar ham borligi aniqlandi.

Dastlabki surishtiruv tadbirlari davomida Berdiyor Qurbonov aybiga toʻliq iqror boʻldi. Ayni paytda unga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov doirasida uning sheriklarini aniqlash boʻyicha ish olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala