O‘zbekistonlik islomshunoslar Bolgar islom akademiyasida dars berishadi

© Sputnik / Vladimir Rodionov / Mediabankka o‘tishVnutrenniy dvor medrese Mir-Arab
Vnutrenniy dvor medrese Mir-Arab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Akademiya Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi bilan hamkorlik Memorandumi imzoladi

TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. O‘zbekistonlik taniqli islomshunoslar Rossiyadagi Bolgar islom akademiyasida talabalarga saboq berishadi. Bu haqda akademiya rektori, Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Rossiya islom instituti rektori Rafik Muhametshin RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

IX Mejdunarodniy ekonomicheskiy sammit Rossiya — Islamskiy mir: KazanSummit2017. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Tatariston muftiysi: Buxoroda vakillarimiz quvonchdan bolalardek sakrab yuborishdi

“Biz yaqinda O‘zbekistondan qaytdik. Buxorodagi afsonaviy “Mir Arab” madrasasi bilan hamkorlik Memorandumi imzoladik. Taniqli islomshunos, dinshunoslik doktori Baxtiyor Bobojonovni Bolgar islom akademiyasi murabbiylari qatorida ko‘rish biz uchun juda muhim”, dedi u.

Muhametshinning aytishicha, akademiyada shuningdek, Rossiya, Misr, Iordaniya, BAA islomshunos olimlari dars beradilar.

Yangiliklar lentasi
0