Sport

Oʻzbekistonlik 10 nafar bokschi Germaniyaga joʻnab ketdi

© StringerUzbekskaya olimpiyskaya sbornaya po boksu
Uzbekskaya olimpiyskaya sbornaya po boksu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bokschilar mashgʻulotlar yakuniga yetganidan soʻng shu yerda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etishadi

TOSHKENT, 8 avgust — Sputnik. Bugun boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida soʻnggi oʻquv yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun Germaniyaning Gamburg shahriga joʻnab ketdi. Bu haqda Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Profsor Rorimsha - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Olimpiya qoʻmitasi: Oʻzbekiston boksda hech qanday legionerlar xizmatiga muhtoj emas

Germaniyaga Hasanboy Doʻsmatov, Jasurbek Latipov, Murodjon Ahmadaliyev, Elnur Abduraimov, Iqboljon Xoldarov. Shahram Gʻiyosov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqoʻziyev, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolovlar yoʻl olishgan.

Xabarga koʻra, bokschilar mashgʻulotlar yakuniga yetganidan soʻng shu yerda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etishadi. Boks boʻyicha jahon chempionati 25 avgustdan 2 sentyabrga qadar boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0