Jamiyat

Toshkentda Rossiya fuqaroligini olib berishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishOformleniye i vыdacha biometricheskix zagranichnыx pasportov
Oformleniye i vыdacha biometricheskix zagranichnыx pasportov - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻlga olingan shaxs jabrlanuvchiga 2,5 ming dollar evaziga Rossiya fuqaroligini olib berishni vaʼda qilgan.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Oʻzbekiston huquqni saqlash organlari Toshkentda 2,5 ming dollar evaziga Rossiya fuqaroligini olib berishni vaʼda qilgan firibgarni qoʻlga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti mahalliy OAVlar xabari asosida.

"Yakkasaroy tumani IIB tomonidan oʻtkazilgan "Tozalash" tadbiri davomida Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olish boʻyicha barcha hujjatlarni rasmiylashtirish va kerakli bojlarni toʻlashni vaʼda bergan fuqaro qoʻlga olindi", — deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga koʻra, qoʻlga olingan fuqaro Vladimir Kolesov jabrlanuvchidan barcha kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 2,5 ming dollar olgan.

Ushbu ish yuzasidan JKning "Firibgarlik" bandi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining ushbu bandigan asosan ayblanuvchilar uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Oʻzbekistondagi Rossiya elchixonasi Rossiya fuqaroligini olish niyatida boʻlgan fuqarolardan turli vositachilar xizmatida foydalanish noqonuniy ekanligini haqidagi eslatmaslarni doimiy ravishda oʻz sahifasida eʼlon qilib keladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala